Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RFda apreldan beri birinchi marta bir kunda 12,4 mingdan ortiq COVID holati aniqlandi
Kasallanish holatining ko‘payishi virusning yanada yuqumli variantlari tarqalishi bilan bog‘liq, ammo rasmiylar og‘ir holatlarning kamligi sababli cheklovlarni qaytarishni rejalashtirmayapti.
Foto: Picture Alliance
31 iyul, yakshanba kuni operativ shtabning xabar berishicha, Rossiyada ketma-ket ikkinchi kun davomida 12 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etilgan. Aprel oyining o‘rtalaridan beri birinchi marta bir kunda 12,4 mingdan ortiq holat aniqlandi - bu bir kun oldinga nisbatan 250 taga ko‘p. 982 kishi kasalxonaga yotqizildi, 38 bemor vafot etdi - bir kun oldin 43 kishi vafot etgandi. Oxirgi 24 soat ichida kasalxonaga yotqizilganlar soni 40 foizga kamaydi, deyiladi shtab xabarida.
Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova avvalroq kasallanish holati ko‘payishini Rossiyada koronavirusning yangi, yanada yuqumli subvariantlari - «omikron» VA.4 va VA.5 paydo bo‘lishi bilan izohlagan edi. Shu bilan birga, idora yangi subvariantlar tarqalishi tufayli og‘ir holatlar va kasalxonaga yotqizish soni keskin o‘sishini dargumon deb atadi va koronavirus cheklovlarini qaytarishni rejalashtirmaganini bildirdi.
Pandemiya davrida Rossiyada jami 18,6 million koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 382 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
09:10 / 03.03.2026
Sud: YuKOS sobiq aksiyadorlari Rossiyadan kompensatsiya undirishi mumkin
09:07 / 03.03.2026
Germaniyada avtodiler FSB uchun mashinalar yetkazib bergani uchun 6 yilga qamaldi
08:24 / 03.03.2026
Zelenskiy Rossiyaning 2026–2027 yillar uchun hujum rejalarini ochiqladi
15:28 / 02.03.2026