Texasda yaşovçi Gay Reffitt 2021 yil yanvarida Kapitoliyga hujum işi böyiça eng uzoq muddatga, ya’ni yetti yil-u uç oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukm 1 avgust, duşanba kuni Kolumbiya okrugi sudyasi Dabni Fridrix tomonidan çiqarildi. 

49 yoşli texaslik harbiylaşgan ultraöng radikal guruh a’zosi bölgan. Mart oyida u Kapitoliyga tutaş hududga öqotar qurol olib kiriş, politsiya xodimlariga hujum qiliş va tergovga tösqinlik qilişda aybdor deb topildi. Reffitt öz öğli va qiziga ham tahdid qilib, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilmaslikni talab etgan. «Xoinlarni otib taşlaşadi», degan u 18 yoşli öğliga. Şunga qaramay, 18 yoşli yigit AQŞ Federal qidiruv byurosida va keyinroq sudda otasiga qarşi guvohlik berdi. 

Gay Reffitt AQŞ Kongressi binosiga bostirib kiriş işi böyiça ayblanuvçiga aylangan birinçi sudlanuvçidir. Videoyozuvlarda Texas ştatida yaşovçi neftçining Kapitoliy zinapoyasida politsiyaçilar bilan janjallaşib qolgani va tergovçilarga köra, olomon orasida fitna qözğatgani aks etgan. Prokuratura uni yiğilganlarning «yetakçisi» deb atagan. «U yonğinni boşlagan gugurtni yoqib yuborgan», — dedi ayblov tomoni.

2021 yil 6 yanvarda Vaşingtondagi mitingda nutq sözlaganidan söng, AQŞ prezidentlik saylovlarida mağlub bölgan Donald Trampning radikal kayfiyatdagi tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirdi, u yerda Senat va Vakillar palatasi qöşma yiğilişi iştirokçilari ovoz beriş natijalarini ma’qullayotgan bölgan. Namoyişçilar binoga bostirib kirişga muvaffaq bölgan, Kongressdagi munozaralar bir neça soatga töxtatilgan, qonun çiqaruvçilar evakuatsiya qilingan. 

Tartibsizliklar iştirokçilari politsiya bilan töqnaşuv uyuştirgan, politsiya esa közdan yoş oqizuvçi gaz bilan javob bergan. Milliy gvardiya Vaşingtonga yetib kelgan. Töqnaşuvlar oqibatida beş kişi halok böldi, ulardan biri - politsiyaçi. Rasmiylar bir neça soatdan keyin Kongress binosini nazoratga oldi. Keyingi haftalar davomida yana ikki politsiyaçi öz joniga qasd qildi. Tartibsizliklardan keyin 50 ga yaqin odam qölga olingan, ularning bir neçasiga ayblov e’lon qilingan. 

Kapitoliyga hujumdan keyin AQŞ Kongressi Vakillar palatasi komissiyasi Trampning voqealardagi roliga oydinlik kiritiş uçun 140 mingdan ortiq hujjatni örganib çiqdi va mingdan ortiq guvohlar bilan suhbatlaşdi. Komissiya iyun oyi boşidagi birinçi yiğilişida Vaşingtondagi tartibsizliklar uçun birinçi navbatda sobiq prezidentni javobgar deb topdi. Sakkizinçi ommaviy eşituvlardan söng komissiya işida tanaffus e’lon qilindi, sentabr oyida yangi yiğiliş ötkaziladi. Tramp öz aybini tan olmayapti va 2024 yilda AQŞ prezidentligi uçun yana öz nomzodini qöyişi mumkinligini istisno etmayapti.