Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahkumlarning koloniyadagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etiladi
Qonunchilik palatasi yalpi majlisda “Ayrim qonun hujjatlariga mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Hujjat ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga jazoni o‘tash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, mehnatga jalb etilgan mahkumlar koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibini joriy etish hamda mahkumlar tuzalish yo‘liga o‘tganini belgilovchi qat’iy mezonlarni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Manzil-koloniyalarda “Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi, Soliq kodeksi hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, nogironligi bo‘lgan mahkumlar huquq doirasi kengaytirilib, xalqaro huquq normalari bilan muvofiqlashtirilmoqda.
Jazoni ijro etish muassasalarida mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini ular umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilmoqda.
Mahkumlarga rag‘batlantirish, muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish choralarini ko‘rish uchun asos bo‘ladigan mahkum tuzalish yo‘liga o‘tganini baholovchi aniq mezonlar belgilanyapti.
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi qabul qilinishi mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini e’tiborga olib, uni birinchi o‘qishda qabul qildi.
Mavzuga oid
10:18 / 19.03.2026
O‘zbekistonda 392 nafar shaxs afv etildi
19:23 / 28.02.2026
Komil Allamjonovga suiqasd ijrochilaridan biri qamoqxonada vafot etdi. U joniga qasd qilgani aytilyapti
13:53 / 17.12.2025
Ombudsman aralashuvi: mahkum va mahbuslarga tibbiy yordam tashkil etildi
11:47 / 28.11.2025