Giyen-Barre sindromi taşxisi bilan Yevropa klinikalaridan biriga yotqizilgan «Rosnano» kompaniyasining sobiq rahbari Anatoliy Çubaysning soğliği yaxşilandi. Bu haqda 1 avgust, duşanba kuni Çubaysga yaqin bölgan bir neçta manbalarga tayanib, TASS va «Meduza» xabar berdi.
Teleboşlovçi Kseniya Sobçak bir kun oldin Çubaysning rafiqasi Avdotya Smirnovaga tayangan holda, Çubays jonlantiriş bölimida yotganini aytgandi. «Vaziyat beqaror, qöl va oyoqlar birdan tortişa boşladi», deb yozdi Sobçak Telegram-kanalida. La Repubblica naşrining yozişiça, Çubays Sardiniyada dam oliş vaqtida özini yomon his qilgan hamda Italiyaning uşbu orolidagi şifoxonaga olib ketilgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml voqea tafsilotlarini bilmasligini aytdi, u Çubaysning tuzalib ketişini tilab, «Rosnano» sobiq rahbari yordam sörasa, Rossiya yordam berişini va’da qildi.
Mart oyi oxirida prezident Vladimir Putinning maxsus vakili sifatida işlagan Anatoliy Çubays öz lavozimini tark etib, Rossiyadan çiqib ketgani ma’lum böldi. RBK manbalariga köra, Çubays Istanbulga köçib ötgan, biroq Rossiyaga «qaytmoqçi bölgan». Keyinroq Kreml Çubays öz xohişi bilan iste’foga çiqqanini tasdiqladi. Xabar berilişiça, Çubays «Sistema» AFK direktorlar kengaşini ham tark etgan va «Elektrozavod» kompaniyasi direktorlar kengaşi tarkibidan ketgan.
Giyen-Barre sindromi - bu odamning immun tizimi öz periferik nervlariga zarar yetkazadigan kam uçraydigan holat. Kasallik har qanday yoşdagi odamlarda kuzatilişi mumkin, lekin köpinça kattalar va erkaklarda uçraydi. Giyen-Barre sindromining rivojlanişi köpinça bakterial yoki virusli infeksiyadan keyin sodir böladi.
Kasallikning dastlabki belgilari holsizlik yoki kuçsiz oğriq hissini öz içiga oladi. Ular odatda oyoqlarda boşlanadi, keyin qöllar va yuzga tarqalişi mumkin. Ba’zi odamlarda bu alomatlar oyoq, qöl yoki yuz muşaklarining falajiga olib kelişi mumkin. Aksariyat odamlar Giyen-Barre sindromining eng oğir holatlaridan ham töliq tiklanadi.

















