Avvaliga rus diplomatlari, keyin esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bejizga Eronga borib kelgani yöq. Ukrainaga bostirib kirgaç, uçragan sanksiyalari soni böyiça Erondan özib ketgan Rossiya qaysidir ma’noda ön yillardan buyon juda köp sanksiyalar bilan yaşab kelayotgan Erondan «qora röyxat»da yaşaş tajribasi borasida tavsiyalar olgan bölişi ehtimoldan xoli emas.

Bir neça kun avval ikki davlat aviatsiya sohasida hamkorlik böyiça kelişib oldi. Bu kelişuv Eron tomonidan Rossiyaga samolyot ehtiyot qismlari eksport qiliş va Eron kompaniyalari tomonidan rus samolyotlariga texnik xizmat körsatişni öz içiga oladi. Rossiya «birinçi planda bölmagan» bu kelişuv rus naşrlarida keng yoritilmadi. Bu haqda birinçi bölib Eron fuqarolik aviatsiyasi taşkiloti xabar berdi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, sanksiyalar mamlakatning barça sanoat tarmoqlariga, xususan, aviatsiya sohasiga ham keskin zarba berdi. Rossiya samolyotlarini boşqa davlatda ta’mirlaş, ular uçun ehtiyot qismlar yuboriş taqiqlandi.

Rossiya aviatsiya sohasida Eron bilan hamkorlik qilişi esa ğalati holat böldi, çunki forslarning özi 1980-yillardan buyon sanksiya ostida yaşab keladi. Öşandan buyon Eronga samolyot ehtiyot qismlari yuboriş taqiqlangan. BBC özi sanksiya ostida yaşayotgan Eron qanday qilib Rossiya aviatsiyasiga yordam berişi mumkinligi va bu qançalik xavfsiz ekanini tahlil qildi.

Eron aviasanoati qanday holatda?

1979 yil islom inqilobi sodir bölgaç, Eron adoği yöq sanksiyalar ostida qolib ketadi. 2015 yil vaziyat biroz yengillaşganday böldi. Öşanda Eron BMT Xavfsizlik kengaşi davlatlari (AQŞ, Xitoy, Britaniya, Fransiya, Rossiya) bilan yadro kelişuvi imzoladi.

Unga köra, Eron yadro dasturidan bosqiçma-bosqiç voz keçişi, evaziga esa sanksiyalar yengillaştirilişi kerak edi. Sanksiyalar yumşatilgan qisqa davrda Eron dunyo kompaniyalariga 200 ta samolyot buyurtma qildi, lekin faqat 10 tasinigina qölga kiritdi.

2017 yilga borib Eron hatto mustaqil ravişda samolyot uçun ehtiyot qismlar işlab çiqariş harakatini boşladi. 2018 yilda esa hammasi barbod böldi ­– AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakat yadro kelişuvidan çiqişini ma’lum qildi-da, sanksiyalar Eronga «qayta boşladi».

Hozirda Eron fuqaro aviatsiyasidagi asosiy samolyotlar import qilingan Boeing, Airbus va ATR kompaniyalari uçoqlarini taşkil etadi. Bu samolyotlarning aksari 20-30 yil va undan ham avval işlab çiqarilgan. Iran Air aviakompaniyasi samolyotlarining örtaça yoşi 19,1 yilni taşkil etadi va bu juda yomon körsatkiç hisoblanadi. Eronning özida ham samolyot detallari bilan boğliq muammo bor. 2021 yil Eron aviaparklaridagi samolyotlarning yarmi aynan ehtiyot qismlari, xususan, dvigatellar yetişmovçiligi sabab töxtab qolgani aytilgandi.