Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi

Foto: Kun.uz
Prezident “O‘zbekiston davlat mustaqilligi o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan:
- O‘zbekiston davlat mustaqilligi o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi;
- “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi tasdiqlandi.
Respublika komissiyasi:
- dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar samarali bajarilishi hamda mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda keng nishonlanishini ta’minlaydi;
- barcha hududlarda aholi keng qatlamlari o‘rtasida mustaqillik bayramiga bag‘ishlab ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular bo‘yicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblaridan iborat targ‘ibot guruhlarini tashkil etadi hamda ular aniq reja asosida faoliyat olib borishini yo‘lga qo‘yadi;
- belgilangan chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotlarini o‘z yig‘ilishlarida muntazam ravishda eshitib boradi.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar bo‘yicha yuksak mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etiladi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun ketma-ket dam oladi:
- 2022 yil 1 sentabr – payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
- 2022 yil 2 sentabr – juma (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun – ish haftasi turidan qat’i nazar);
- 2022 yil 3 sentabr – shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun – olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun);
- 2022 yil 4 sentabr – yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni).
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
O‘zbekiston | 13:15
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

17:14 / 09.01.2025
“Avgustdan keyin hammasi yaxshi bo‘lib ketadi...” - marhumlikda mashhurlikka erishgan dehqon

18:36 / 08.01.2025
Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi

18:43 / 24.12.2024
Yangi yilda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

21:34 / 31.08.2024