Germaniyada Kremlga yaqinligi va Rossiya davlat konsernlaridagi faoliyati uçun keng tanqid qilingan sobiq kansler Gerhard Şryoder iyul oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yana uçraşganini tasdiqladi. 3 avgust, çorşanba kuni çop etilgan Stern haftaligi va RTL/n-tv telekanallariga bergan intervyusida u Putin Ukraina va Ğarb bilan mojaroga muzokaralar yöli bilan yeçim topişni istaşini aytdi.
Şryoder bu jarayonda RF, Ukraina, Turkiya va BMT örtasida Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini dengiz orqali eksport qiliş töğrisidagi kelişuvning tuzilişini birinçi muvaffaqiyat deb hisoblaydi. «Ehtimol, bu asta-sekin öt oçişni töxtatişga qadar kengaytirilişi mumkin», dedi u. 22 iyul kuni Istanbulda Ukraina ğallasini eksport qiliş böyiça kelişuv imzolangan, bir kun ötar-ötmas Odessa porti Rossiya tomonidan raketa hujumiga uçragandi.
Şu bilan birga, sobiq kansler Germaniya va Fransiya zimmasiga tuşadigan alohida mas’uliyat haqida gapirib, hozirda ularning harakati Ukrainadagi harbiy mojaroga barham beriş uçun yetarli emasligini ta’kidladi. U Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan tomonidan mojaroni hal qiliş böyiça olib borilayotgan işlarni olqişladi. Sobiq kansler iyul oyida ğalla böyiça imzolangan kelişuvdan taşqari, mart oyida Turkiyada Rossiya va Ukraina delegatsiyalari örtasidagi muzokaralarni eslatib ötdi.
OAV tomonidan Putinning azaliy dösti deb hisoblanadigan Şryoder yana bir bor Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini «Rossiya hukumatining xatosi» deb atadi, lekin Rossiya prezidenti bilan şaxsiy munosabatlarini uzişdan boş tortdi. U «uruşni bir neça bor qoralagan» va şu bilan birga, «uning Vladimir Putindan şaxsiy uzoqlaşişi kimgadir foyda keltiradimi» deb savol bergandi, deya ta’kidladi sobiq kansler. U bu masala böyiça allaqaçon qaror qabul qilganini va undan voz keçmasligini bildirdi.
Mart oyi boşida, RFning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan bir neça kun ötgaç, Şryoder Moskvaga keldi va Putin bilan uruş haqida gaplaşdi. Şundan söng, u Kreml mojaroni muzokaralar yöli bilan hal qilişdan manfaatdor ekanini aytdi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi bilan Germaniyada Gerhard Şryoderni tanqid qiliş keskin kuçaydi. Uning Rossiya böyiça pozitsiyasiga norozilik sifatida bir qança xodimlari iste’foga çiqdi, may oyida esa hukmron koalitsiya sobiq kanslerni bundestagdagi ofisidan mahrum qildi.
Ayni paytda Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) Şryoderga qarşi a’zolikdan mahrum qiliş jarayonini ötkazmoqda, 17 tuman va şahar partiya birlaşmalaridan tegişli arizalar kelib tuşgan. Partiyada hatto uning sobiq eng yaqin hamkorlari ham undan uzoqlaşgan, jumladan Germaniyaning amaldagi federal prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer ham.

















