Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“4 oyda 5 metr o‘sdi” – tomorqasida pavlovniya yetishtirayotgan sartarosh

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi Otabek Mamanazarov tomorqada pavlovniya daraxtini yetishtirib, daromad qilishni ko‘zlamoqda. 4 oy oldin o‘tqazilgan nihollarning soat sayin o‘sishi tomorqa egasini ham, qishloq aholisini ham hayratga solyapti.
Pavlovniya dunyodagi eng tez o‘suvchi daraxt turlaridan biri hisoblanadi. Uning yog‘ochi yengilligi, sifati va qimmatligi bilan ajralib turadi. Qolaversa, tarkibida suv miqdori kam bo‘ladi, yonish darajasi ham past. Shu sababli undan avtomobilsozlik, kemasozlik, mebelsozlik va qurilish sohalarida keng foydalanilmoqda.
O‘zbekistonda ham pavlovniya daraxtini yetishtirishga bo‘lgan qiziqish ortib boryapti. Hukumatning tegishli qarori bilan respublika bo‘yicha tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yerosti suvlari 30 metrdan pastda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda o‘rmon fondining suv tanqis yoki tuprog‘i sho‘r bo‘lgan yerlarida pavlovniya plantatsiyalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsad uchun har bir loyihaga 100 gektardan kam bo‘lmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.
Xatirchi tumanining Zarafshon mahallasida yashovchi, asli kasbi sartarosh bo‘lgan Otabek Mamanazarov o‘zining 15 sotixli tomorqasida pavlovniya yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. 4 oy oldin Farg‘onadan 100 tup niholni keltirib, tomorqasiga o‘tqazgan. Hozirda daraxtlarning bo‘yi 5 metrga yetgan.
“Ushbu daraxt haqida internet orqali tanishib yurgandim. Keyin 100 dona xarid qildim. 3 aprel kuni ekilgan, hozirda bo‘yi 5 metrgacha yetdi. Parvarishiga kelsak, haftasiga 2-3 marotaba sug‘oriladi. Nuri sharbatidan foydalansa bo‘ladi. Tezroq tomir yoyib olishi uchun biroz biogumus tashlab chiqdik. Pavlovniyaning yog‘ochi pol, mebel, eshik-derazalar yasashda ko‘proq ishlatiladi. Yaxshi tomoni – bu suv shimmaydigan material, yonish darajasi ham past. Daromadi 100 mln so‘mdan oshar deb turibmiz. Qalamcha shaklida ko‘paytirsak, daromad yana ko‘payadi”, — deydi Otabek Mamanazarov.
Pavlovniya yetishtirish ancha daromadli ish hisoblanadi. Uning yog‘ochi dunyo bozorida qarag‘ay yog‘ochidan ikki marta qimmat narxga baholanadi. Shu sababli Otabek Mamanazarov kelgusi yilda ko‘proq maydonda pavlovniya plantatsiyasini yaratishni niyat qilmoqda.
Ruslan Saburov,
Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi – Abduqodir To‘lqinov.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17
-
Shavkat Mirziyoyev 15-20 daqiqa tirbandlikda qolib ketdi, Farhod bozorida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:11
-
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi
Jahon | 23:09
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
Mavzuga oid

16:59 / 23.06.2025
“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uchun qamoqqa tiqildi

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

18:28 / 01.05.2025