Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya Ukraina bilan tinçlik muzokaralariga «öz şartlari asosida» tayyorligini aytdi.
«Ha, Rossiya darhaqiqat Ukraina muammosi diplomatik yöl bilan hal etilişiga tayyor – öz şartlari asosida», — dedi Peskov.
Uning qöşimça qilişiça, «bu şartlar böyiça Istanbulda kelişilgan» va muzokara jarayonining har ikkala iştirokçisi bunga rozi bölgan. Şundan söng Ukraina «muzokara yölidan» çiqib ketdi, dedi Peskov.
Avvalroq Peskov Kremlda Germaniya sobiq kansleri Gerhard Şryoder va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uçraşuvi ötkazilganini tasdiqlagandi.
Şryoder uçraşuvdan söng Stern va n-tv telekanallariga bergan intervyusida Rossiya Ukraina bilan nizoni diplomatik yöl bilan hal etişga tayyorligini aytdi.

















