Dastlabki örganişga köra, uşbu taşkilotning 5 yoşli tarbiyalanuvçisi Ş.A. 2022 yil 3 avgust kuni tuşlikdan keyin soat 12:20 larda özini ğalati tuta boşlagan. Holatni payqagan tarbiyaçi zudlik bilan hamşiraga xabar bergan. Hamşira birinçi yordam körsatgan.
Şundan söng, Xonqa tumani tibbiyot birlaşmasidan tez tibbiy yordam çaqirilgan hamda tarbiyalanuvçining ota-onasiga xabar yuborilgan.
Biroq, tez tibbiy yordam xodimlarining urinişlariga qaramay bolaning ölimi qayd etilgan.
Boşqarma işçi guruhi va Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlar bilan ötkazilgan suriştiruv davomida bolaning epilepsiya kasalligi borligi aniqlangan.
Holat böyiça Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlari tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda. Örganişlar yakuni böyiça qöşimça ma’lumot beriladi.
Bundan oldin Şahrisabzdagi boğçada bolalardan biri köp qon yöqotişi oqibatida vafot etgandi.
Şuningdek, Namangandagi boğçada tilini çaynab yuborgan bola vafot etdi.











