“Abituriyentlarning saviyasini körib, yiğladim” - faollar maktab bitiruvçilarining bilim va dunyoqaraşi haqida
|23:09 / 05.08.202231 9449 min
Bir guruh faollar maktablarni bitirayotgan yoşlarning bilim darajasi, dunyoqaraşi va siyosiy-geografik tasavvurlari qay darajada ekani borasidagi tanqidiy fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Özbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlari vaqti yaqinlaşmoqda. Davlat test markaziga köra, bu yilgi test sinovlari 8 avgustdan boşlanişi rejalaştirilgan.
Ijodiy baholaşni talab qiladigan yönalişlarda esa saralaş jarayonlari allaqaçon boşlanib ketgan. Jumladan, bir neça kundan buyon jurnalistlar, taşkilot va vazirliklarning matbuot kotiblari Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida abituriyentlar bilan bölayotgan saralaş suhbat jarayonlari haqidagi xulosalarini tarmoqlardagi sahifalarida yozib borişmoqda.
Fikrlarni öqirkansiz, tajribali jurnalistlar, matbuot kotiblari sohaga qadam qöyiş niyatida bölgan yoşlarning bilim va dunyoqaraşidan qoniqmayotganini sezasiz.
Masala bevosita özbek maktab ta’limi, uni bitirib çiqayotgan yoşlarning bilimi, dunyoqaraşiga borib taqalarkan, bu haqdagi fikrlarini çuqurroq ifodalab berişini sörab, ekspertlarning öziga yuzlandik.
Qobilbek Karimbekov, siyosiy şarhlovçi
— Yaqinda Jurnalistika universitetiga hujjat topşirgan abituriyentlarni suhbat asosida saralab olişga yordam beriş uçun men kabi 30ga yaqin jurnalistni ekspert sifatida çaqirişdi.
Men özimning suhbatimdan ötgan yigit-qizlarni 3ta kategoriyaga bölgan bölardim. Birinçisi – haqiqatda kuçli, bilimli bitiruvçilar. Abituriyentlar içida bunday bolalar ham bor va men ularga, ularning ota-onasi, ustozlariga rahmat aytaman.
Ikkinçisi – örtamiyonalar. Bunday bolalar ham bor.
Uçinçisi esa meni juda qattiq xafa qilgan bilimsiz bolalar toifasi.
Afsuski, abituriyentlar içida ana şu uçinçi toifadagi bitiruvçilar juda köp. Ular eng oddiy savollarga ham javob bera olişmayapti. Bu faqat mening fikrimmikin, deya boşqalar bilan ham gaplaşib kördim. Yöq, hammaning fikri şunday. Hamma noliyapti bitiruvçilardan.
Bizga abituriyent bilan qaysi yönalişlarda gaplaşiş, bilimini sinaş böyiça yöriqnoma berilgandi. Savollarda şu yöriqnomadan kelib çiqdik. Ularga murakkab savol berganimiz yöq.
Mavzuga oid
Afsuski, yoşlarimizning katta qismi şu elementar qilib tuzilgan savollarga javob berolmayapti. Ularning dunyoqaraşi juda tor. Abituriyentlar kirsam kirarman, bölmasa, yöq, qabilida hujjat topşirişgan. Ularda yurak yonmayapti.
Ey, baraka topgur, sen jurnalistikaga, xalqaro jurnalistikaga kelyapsan-ku, nega bunday befarqsan, nega bunça bilimsizsan?
Ayni şu bilim degan joyiga misol keltiraman. Abituriyentlardan biriga Özbekistonning qaysi davlatlar bilan çegaradoş ekani haqida savol berdim. Har tugul Qozoğiston va Tojikistonni sanadi. Keyin töxtab qoldi. Unga yordam beray, deb Turkmanistonni özim aytdim. U esa ustoz, hazillaşyapsizmi, Turkmaniston bizga çegaradoş emas-ku, deydi.
Yoki boşqasiga xuddi şu savolni berib, yordam uçun bittasi Surxondaryoga çegaradoş davlat (Afğoniston nazarda tutilmoqda – tahr) desam, domla, kulyapsizmi, davlatlar viloyat bilan çegaradoş bölmaydi-ku, deydi.
Yoki bir neçta abituriyentdan bolajonim, Markaziy Osiyodagi maydoni va aholisi böyiça eng katta davlatlarni ayting, deb sörayapman. Yöq, javob berişolmayapti. Maktabda bazaviy bilim yöq.
Men ulardan hali Özbekistonni içki, taşqi siyosati haqida söramayapman. Bitiruvçilarimizda geografiya, tarix, siyosat, adabiyot böyiça bilim juda past. Bu meni qattiq xafa qildi.
Men e’tibor bergan yana bir jihat bor, lekin öquvçilarimiz buni mahalliyçilik, deya qabul qilmasin. Çunki özimning ham onam xorazmlik bölsa, otam toşkentlik.
Masala şundaki, viloyatlik bolalar bilan toşkentlik bolalarning bilim darajasi örtasida ham sezilarli farq bor. Toşkentlik bolalarni qandaydir nönoq deymizmi, boşqami, işqilib, ular siyosiy bilim jihatidan judayam orqada qolgan. Bundan xafa bölib, yonimdagi şeriklarimga savol berdim, şaharlik bolalarda qorin töqroqmikin, nega ular bunça nönoq, deb.
Yöq, maktablarda bilim berişni bunday davom ettirib bölmaydi.
Şarofiddin Tölaganov, siyosiy şarhlovçi
— Faqat bitta gapni aytişim mumkin, men maktabni bitirib, oliy ta’limga qadam qöyayotgan bolalarning ahvolini körib, yiğladim. Ular maktabni bitirdimi, boşqa iş topaversin. Çunki bu saviya bilan ularning oliy ta’lim dargohiga kirişlarini men xayolimga keltirolmayman. Ular balki testni yaxşi topşirar, beş baho ham olar, lekin ularda fikrlaş, dunyoqaraş nol.
Men Özbekistonning qayerda joylaşib, kimlar bilan qöşni ekanini bilmagan bolani oliy ta’limga kirişini tasavvur qilolmayman.
Özim suhbatda bölgan abituriyentlardan özbekistonlik jurnalistlar haqida sörayapman. Ular “Markaziy studiya” diktorlaridan boşqasini bilmaydi. Töğri, men bu dasturdagi yigitlarni yaxşi köraman, hurmat qilaman. Lekin bölajak jurnalistda saviya, köradigan körsatuv, dastur, taniydigan odamlari faqat bular bölişi kerak emas-ku.
Bu deganiki, maktablarda öquvçilarning dunyoqaraşi, bilimi, siyosiy bilimini oşirişga bölgan e’tibor ölgan. Odamlarning fikri, xayoli serial, serial, serial va yana serial. Bitiruvçilarda siyosatdan xabardorlik nol, saviya nol. Bolalarning birortasi siyosiy yangilik beradigan saytlarni, televideniyedagi körsatuvlarni bilmaydi. Kun.uz, Daryo.uz, BBC özbek, Ozodlik, Amerika ovozi, heç biri, heç birini bilmaydi.
Şuningdek, men gaplaşgan bolalarning birortasida saviyali yuritilgan ijtimoiy tarmoq yöq. Xöş, şunday bitiruvçilar ertaga siyosatni, dunyo siyosatini şarhlaydimi?
Men bu gaplarim uçun istalgan joyda javob berişga tayyorman. Çunki hamma ustozlar ham şu fikrda.
Sevara Örinboyeva, Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari
— ÖzJOKUda boşlangan ijodiy imtihonda Axborot xizmati va jamoatçilik bilan aloqalar yönalişiga hujjat topşirgan abituriyentlar bilan suhbat qildim.
Ijodiy imtihonga kelgan yoşlarning 10 nafari bilan suhbat qilgan bölsam, ulardan atigi 1 nafari piçoqqa ilinadi (yiğlagim keldi). Öşa piçoqqa ilinadigan qiz bilan maza qilib suhbatlaşganimni hatto boşqalar ham sezdi.
Aksariyat yoşlar universitetga hatto biror tayyorgarliksiz kelgan. Nima uçun topşirganiniyam bilmaydi.
5 yildan keyin özingizni kim sifatida tasavvur qilasiz deb sörasam jurnalist, deydi. Unda nima uçun Axborot xizmatiga topşirdingiz, desam jim. Aksariyati bemaqsad, tavakkal qilgan. Lekin barçasini jurnalistikaga qiziqişi baland. Biroq qiziqişni özi bilan iş bitmaydi, öqiş kerak, öqiş kerak.
Aksariyati faqat nodavlat TVni köradi, u yerdagi jurnalist diktorlarni taniydi. Kitob öqiysizmi desangiz olib qoçadi ...Töğrisi yuragim siqilib ketdi.
Istardikki, Axborot xizmati sohasida ham sifat bölsin. Sifat bölişi uçun esa har tomonlama salohiyatli, bilimli, öz sohasini tuşunadigan, fidoyi kadrlar kerak.
Har nima bölganda ham abituriyentlarga omad tilayman.
Doniyor Yusupov, "Yoşlar" radiokanali muxbiri
— Universitetga radio, televideniye yönalişida hujjat topşirgan abituriyentlarni saralaş jarayonida qatnaşdim. Yakunda bir xulosaga keldimki, bolalar özi hujjat topşirayotgan yönaliş haqida hatto umumiy tasavvurga ham ega emas.
Soha haqidagi savollarimga javob ololmagaç, abituriyentlardan qanday badiiy kitoblar öqigani haqida sörayman. Ön birinçi sinfni tamomlaganlar Xudoyberdi Töxtaboyev bilan Ötkir Hoşimovdan nariyoqqa ötolmayapti. Ammo öqiganlar ham bu yozuvçilarning asarlarini tahlil qilmagan, qahramonlar içiga kiriş yöq, syujyetni tuşunmagan. Ayrimlari oxirgi marta qaçon kitob öqiganini eslolmaydi.
Ha, bugungi ta’limning ahvoli xuddi şunday. Bitiruvçilar janub bilan şimolning farqiga bormaydigan xilidan.
Boşlanğiç bilimlarni aytmasa ham böladi. Yonimda ötirgan jurnalistlar ham dod deyapti. Men ikkinçi kuni suhbatga bormadim. Nega? Asablarim ikkinçi kunga doş bermadi.
Ha, töğri, bizda bilimli bolalar ham bor. Ayrimlar hatto dunyo olimpiadalarida yutib kelişyapti. Ularni boşimizga kötaramiz, lekin bular umumiy bitiruvçiga hisoblaganda neça foiz? Men umumiy ahvolimiz haqida gapiryapman.
Xulosa sifatida bugungi xalq ta’limining ahvolini öta açinarli, deya baholayman. Balki hamma joyda ham şunday emasdir, lekin men körganimga qarab xulosa qildim.
***
Eslatib ötamiz, may oyida xalq ta’limini rivojlantiriş böyiça 5 yillik milliy dastur tasdiqlangan, Kun.uz dasturning asosiy jihatlari haqida şarh e’lon qilgan edi.