Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 22 iyul kuni Zafarobod tumanida yaşovçi oilada sodir bölgan janjal odam ölimi bilan yakun topgan.

Zafarobod tumani Uzun mahallasida yaşovçi er-xotin özaro janjallaşib qolgan. Janjal davomida 50 yoşli ayol oşxona piçoği bilan erining tanasiga zarba bergan.

Oqibatda, er oğir tan jarohati olib tuman tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ayolga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda viloyat IIB Tergov boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Qaşqadaryoda xotin öziga tanbeh berib, urişgan erini tömtoq buyum bilan urib öldirgandi. Şuningdek, Jizzaxda oldin sodir etgan jinoyati uçun olgan jazo muddati nihoyasiga yetmagan şaxs oşxonada kelib çiqqan janjalda fuqarolardan birini urib, uning vafot etişiga sabab bölgandi.