Prezident “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “To‘dako‘l” dam olish bazasi hududida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maktabdan tashqari davlat sport ta’lim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilinadi.

Quyidagilar Xalqaro shaxmat maktabi asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • zarur shaxmat anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalar – Shaxmat olimpiadasi va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqa musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash;
  • xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash uchun shaxmat bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, jahon mashhur xalqaro grossmeysterlarini keng jalb etish orqali trenerlar tarkibini mustahkamlash;
  • shaxmatchilar o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan shaxmatchilarni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
  • shaxmat bo‘yicha terma jamoalar va ular zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish hamda muntazam ravishda o‘tkazib borish, trenerlar hamda shaxmatchilar kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha xorijiy shaxmat maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirishni xalqaro talablar va standartlarga moslashtirish, o‘g‘il bolalar va qizlarni shaxmatga jalb qilish va ular ushbu sport turiga qiziqishini kuchaytirish, shaxmatchilar professional mahoratini doimiy ravishda oshirib borish.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining har yili o‘tkazib kelinayotgan prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turniri final bosqichini 2023 yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Belgilab qo‘yilishicha, quyidagi musobaqalar 2023 yildan boshlab har yili tizimli ravishda o‘tkaziladi: