Bugun, 5 avgust kuni 2022-2026 yillarda Özbekistonning innovatsion rivojlaniş strategiyasiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Unda innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov taqdim etilayotgan strategiya böyiça bajariladigan işlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda aytilişiça, işlab çiqilgan yangi strategiyada Özbekiston 2026 yilda TOP-50 innovatsion davlatlar qatoridan joy egallaşi asosiy maqsad etib belgilangan. Şuningdek, hududlarda 224 ta, tarmoqlarda 441 ta, oliygohlar va ilmiy taşkilotlarda 1 086 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Vazir hozirga qadar bajarilgan işlarga ham töxtaldi. Unga köra, hozir tarmoq va oliygoh/ilmiy taşkilotlar kesimida jami 1 751 ta innovatsion loyiha şakllantirilgan. Hududlar kesimida 2 507 ta iş örni yaratiladigan 206 mlrd sömlik 224ta loyiha amalga oşirilmoqda.

Tarmoqlar kesimida ilmiy-innovatsion mahsulotlar işlab çiqarilişi belgilangan 26 ta tarmoq taşkilotining 6,6 trln sömlik 265 ta loyihasi; iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oşiriladigan 33 trln sömlik 176 turdagi innovatsion mahsulotlarni seriyalab işlab çiqariş va texnologiyalar özlaştirilişi nazarda tutilgan “drayver” loyihalar şakllantirilgani aytildi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonning innovatsion rivojlaniş böyiça 5 yillik strategiyasi ötgan oyda prezident farmoni bilan tasdiqlandi.