Hindistonning Çennay şahrida bölib ötgan Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) kongressida Rossiya boş vazirining sobiq örinbosari Arkadiy Dvorkoviç FIDE prezidenti etib qayta saylandi. Koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşda mohir menejyer sifatida obro‘ qozongan va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tufayli Rossiya xalqaro sportdan çetlatilganidan keyin dadil qarorlar qabul qilgan Dvorkoviç 179 ta milliy şaxmat assotsiatsiyasidan 157 tasi tomonidan qöllab-quvvatlandi, deb xabar berdi FIDE 7 avgust, yakşanba kuni Twitter’dagi mikroblogida.

Şaxmat böyiça beş karra jahon çempioni Vişvanatan Anand Dvorkoviçning yangi örinbosari etib saylandi. Dvorkoviçning raqibi, şaxmat böyiça jahon çempioni norvegiyalik Magnus Karlsenning murabbiyi Peter Xeyne Nilsen bilan birga kuraşgan ukrainalik Andrey Barişpolets bor-yöği 16 ta ovoz oldi. Kongress iştirokçilarining beş a’zosi betaraf qoldi va bir ovoz bekor qilindi. 

Ovoz beriş arafasida Barişpolets Arkadiy Dvorkoviçni keskin tanqid qilib, uni Moskva «harbiy maşinasi»ning bir qismi deb atadi. «Siz, Arkadiy, hozir Ukrainada sodir bölayotgan voqealar uçun mas’ulsiz. Siz Rossiya hukumati va Rossiya harbiy maşinasini şakllantiriş uçun javobgarsiz. Qanday qilib biz, şaxmat olami, bunga yöl qöya olamiz?» — dedi u. 

Biroq, Dvorkoviç «Ukrainadagi fojiali voqealar böyiça qat’iy pozitsiyani egallaşini va kengaşning Rossiyaning FIDEdagi iştirokini qisqartiriş böyiça barça qarorlarini qöllab-quvvatlaşini» aytdi. Mart oyida Dvorkoviç Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini bilvosita tanqid qilib, Amerika OAVdan biriga bergan intervyusida «xayolan Ukraina tinç fuqarolari bilan birga» ekanini aytgan edi. «Uruşlar nafaqat qimmatbaho hayotni öldiradi. Uruşlar umid va intilişlarni öldiradi, munosabatlar va aloqalarni muzlatib qöyadi va yöq qiladi», dedi u. 

Keyinçalik Dvorkoviç öz pozitsiyasini töğrilab, «natsizmga va ba’zi mamlakatlarning boşqalar ustidan hukmronligiga örin yöq» deb ma’lum qildi. Bu sözlar Ukraina göyoki natsistlar tomonidan boşqarilayotganini da’vo qilayotgan va ğarb davlatlarini Ukrainani Rossiya ta’sir doirasidan çiqarişga qaratilgan makkorona urinişlarda ayblayotgan Kremlni qöllab-quvvatlaşning yaşirin ifodasi sifatida körildi, deb yozadi AFP.