Şaxmat böyiça Özbekiston milliy jamoasi Hindistonning Çennay şahrida ötkazilgan şaxmat olimpiadasida birinçi örinni egalladi. Bungaça nufuzli turnirdagi eng yaxşi natija uzoq 1992 yilda qölga kiritilgandi – kumuş medal. Şaxmat olimpiadasi özi qanday musobaqa, unda kimlar iştirok etadi, favoritlar qaysi jamoalar edi, sensatsiya taqdim qilgan yoş şaxmatçilarimiz qanday natijalarni körsatişdi, quyida şular haqida.

Şaxmat olimpiadasi qanday turnir?

Şaxmat olimpiadasi – Xalqaro şaxmat federatsiyasiga (FIDE) a’zo mamlakatlar örtasidagi jamoaviy musobaqa bölib, 1927 yildan buyon ötkazib kelinadi.

Har bir jamoa tarkibida tört nafar asosiy va bir nafar zaxira şaxmatçisi böladi. Jamoa a’zolariga reyting böyiça birdan törtgaça raqamlangan taxtalar biriktiriladi. Masalan, eng yaxşi şaxmatçi har doim birinçi taxtada dona suradi.

Bu yil şaxmat olimpiadasi 44-marta, Hindistonda esa birinçi marta ötkazildi. Unda 186 mamlakatning 188 ta jamoasi iştirok etdi. Hindiston mezbon sifatida uçta jamoa bilan qatnaşdi. Ayollar turnirida esa 160 mamlakatning 162 jamoasi (Hindistondan yana uç jamoa) iştirok etdi. Şaxmatçilarning umumiy soni – 1736 nafar.

Qoidalar qanday?

Albatta 186 mamlakat milliy jamoalari iştirokidagi turnirni taşkil qiliş vaqt nuqtayi nazaridan oson emas. Şu tufayli, şaxmat olimpiadasi Şveytsariya tizimi böyiça ötkaziladi. Unda 2-turdan boşlab, har bir turda bir xil oçko jamğargan jamoalar özaro öynaydi. Şu sababli, har bir turda deyarli teng kuçli jamoalar töqnaş keladi. Bu esa köp sonli iştirokçilar qatnaşayotgan turnirni qisqa vaqtda yakunlaş imkonini beradi. Musobaqa 11 turdan iborat böladi.

Şaxmat olimpiadasi jamoaviy musobaqa bölgani sababli, öyinçilar ğalaba uçun 1 oçko va durang uçun yarim oçko oladilar. Yakunda oçkolar jamlanadi. Har bir milliy jamoa ğalaba uçun 2 oçko, agar öyin durang bilan yakunlansa, bir oçko oladi.

Har bir öyinda şaxmatçiga 90 daqiqa vaqt ajratiladi. 40 yurişdan keyin yana 30 daqiqa qöşimça vaqt beriladi.

Eng köp oçko töplagan jamoa olimpiada ğolibi böladi. Turnirda pul mukofoti yöq, ğoliblar Hamilton-Rassel kubogi bilan taqdirlanadi.

Uşbu kubok birinçi rasmiy şaxmat olimpiadasida ingliz magnati Frederik Hamilton-Rassel tomonidan sovrin sifatida taqdim etilgan. Şu sababli uning nomi bilan ataladi.