Ötgan qisqa davrda, Mehriddin Abdullayev sport murabbiylari va sportçilar bilan bir neça bor uçraşib, seleksiya işlariga jiddiy e’tibor qaratdi. Iqtidorli yoşlar uçun yaratilgan şaroit hamda imkoniyatlar bilan tanişib atletlarning xorijda maşğulot ötaşlari, özaro tajriba almaşişlari uçun ham barça şaroitlar yaratildi.
Şu jumladan, ham ma’nan, ham moddiy jihatdan ularni qöllab-quvvatlaş çoralari körildi va bu öz natijasini uzoq kuttirmadi. Avgust oyining ilk kunlaridanoq musobaqalarda iştirokini boşlagan atletlarimiz ketma-ket ğalaba qozonişdi.

2022 yilning 6 avgust kuni yengil atletika böyiça Polşada “Brilliant liga” musobaqasi bölib ötdi. Yengil atletikaning balandlikka sakraş yönalişi böyiça jahonning eng kuçli sportçilaridan biri bölgan hamyurtimiz Safina Sa’dullayeva “Brilliant liga” musobaqasida oltin medalni qölga kiritdi.
Alohida ta’kidlaş kerakki, Safina jahon çempionatidan keyingi nufuzli örinda turuvçi musobaqada ğalaba qozongan birinçi özbekistonlik atletga aylandi. U şunday tarzda öz nomini zarhal harflar bilan özbek sporti tarixiga yozib qöydi.
- Safina Sa’dullayeva (Özbekiston) – 1.92
- Yaroslava Maguçix (Ukraina) – 1.92
- Katerina Tabaçnik (Ukraina) – 1.88.
Yana bir atletimiz Şarifa Davronova esa Jahon çempioni degan yuksak nomga sazovor böldi. Kolumbiyaning Kali şahrida yengil atletika böyiça yoşlar örtasidagi (U20) jahon çempionatida 15 yoşli Şarifa Davronova uç hatlab sakraş dasturida (14,02 m) ğalaba qozondi.

U eng yaqin ta’qibçisini 66 smga ortda qoldirdi. Şuningdek, atletning natijasi U20 tasnifida mavsumning eng yaxşi körsatkiçi böldi. Mazkur yönalişda kuçli uçlikda Özbekistondan taşqari Fransiya va Avstraliya vakillari bor.
- 1-örin — Şarifa Davronova (Özbekiston) — 14,04 m
- 2-örin — Soxane Aukagos (Fransiya) — 13,38 m
- 3-örin — Tiana Boras (Avstraliya) — 13,30 m

“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi hamda Özbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi Mehriddin Abdullayev terma jamoa a’zolariga tabrik yöllab, ularning bu ğalabalari yoşlarga ajoyib namuna bölganini ta’kidladi hamda özining samimiy tilaklarini bildirdi.
















