Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Perm şahridagi özbek diasporasi rahbari Jahongir Jalolov öz vatandoşlarini Ukrainadagi uruşga jalb qilayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda.

«Farzandlarimiz boğçalarga qatnaydi, maktablar va universitetlarda öqiydi. Biz Rossiyada yaşaymiz va işlaymiz. Biz yeyayotgan nonimizni oqlaşimiz şart. Men köngillilar bataloni taşkil etiş va uni buyuk Amir Temur nomi bilan ataşni taklif qilaman. Va Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qiliş böyiça maxsus harbiy operatsiyasini qöllab-quvvatlaşga çaqiraman», deydi u.

U vatani Rossiya ekani va Rossiya Federatsiyasiga xizmat qilişini ta’kidlaydi.

Jahongir Jalolov / Foto: newsko.ru

Özbekiston qonunçiligi bu haqda nima deydi?

Özbekiston fuqarolarining çet davlatlar harbiylaşgan va kuç işlatar tuzilmalariga xizmatga yollanişi jinoiy javobgarlikka sabab böladi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 154-moddasiga köra, nizolaşayotgan davlat fuqarosi yoki harbiy xizmatçisi hisoblanmagan yoki heç qanday davlat tomonidan qurolli kuçlar tarkibida rasmiy topşiriqni bajariş vakolati berilmagan şaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biror şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib harbiy harakatlarda qatnaşişi beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Şuningdek, uşbu moddada yollanma şaxsni öqitiş yoki moddiy ta’minot beriş uçun ham javobgarlik mavjud.

Kodeksning 154-1-moddasida esa, xorijiy davlatlarning harbiylaşgan organlariga xizmatga kiriş uçun javobgarlik belgilangan.

Migratsiya agentligi ogohlantirdi