Internet tarmoğidagi axborot resurslarini monitoring qiliş jarayonida Özbekiston fuqarolariga kriptoaktivlar bilan savdolarni amalga oşiriş va (yoki) ayirboşlaş böyiça xizmatlar körsatuvçi, mamlakat hududida xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oşiriş uçun tegişli litsenziyaga ega bölmagan turli elektron platformalar faolligi oşib borayotgani aniqlandi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Özbekiston hududida faoliyat yuritiş uçun örnatilgan tartibda litsenziyaga ega bölmagan elektron platformalar xizmatlaridan foydalanmaslikka va ehtiyot çoralarini körişga, şaxsiy ma’lumotlar sizib çiqişi natijasida ma’lumotlar firibgarlar tomonidan foydalanilişiga yöl qöymaslikka çaqirdi.
Kriptoaktivlar bilan boğliq savdolarini amalga oşirayotgan yoki xizmatlarni tegişli litsenziyaga ega bölmagan holda yoki noqonuniy maqsadlarda, firibgarlik uçun taklif etayotgan kompaniyalar haqida ma’lumotga bölsa, tegişli ma’lumotni [email protected] elektron manziliga yuboriş söralgan.

















