“Maktabdan taşqari ta’lim tizimini rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari:
2025 yil 1 sentabrga qadar mahalliy budjet mablağlari hisobidan “Elektron kutubxona” tizimi joriy etilmagan umumiy örta ta’lim muassasalari kutubxonalarini bibtexnika bilan ta’minlaş uçun har bir ta’lim muassasasi uçun har yili 3 mln sömdan mablağ ajratib boradi;
2027 yildan boşlab öquvçilar soni köp bölgan tuman (şahar)larda talabdan kelib çiqqan holda qöşimça “Barkamol avlod” bolalar maktablarini taşkil etiş çoralarini köradi;
ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida quriliş-ta’mirlaş işlari olib boriladigan “Barkamol avlod” bolalar maktablarini jihozlaş bilan foydalanişga tayyor holda topşirişni loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaşda nazarda tutadi;
2023 yil 1 yanvardan boşlab umumiy örta ta’lim muassasalarida zarur jihozlar bilan ta’minlangan 100 mingdan ortiq bepul tögarak faoliyatini yölga qöyadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi 2024 va keyingi yillar Özbekiston ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida nazarda tutiladigan davlat budjeti mablağlari hisobidan quriliş manzilli dasturini şakllantirişda “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi mavjud binolarini mukammal ta’mirlaş hamda “Bolalar sayyohlik bazasi” quriş, zarur inventarlar bilan jihozlaş uçun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq kapital qöyilma limitlari ajratilişini nazarda tutadi.

















