Jahon | 08:03 / 12.08.2022
8801
3 daqiqa o‘qiladi

Navalniy koloniyada bir kishilik kasaba uyushmasini tuzdi

«Sanoat zonasi» kasaba uyushmasi jazoni ijro etish tizimi korxonalarida ishlaydigan fuqarolar, ya’ni mahkumlar va koloniya xodimlari uchun yaratilgan, dedi muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy.

Foto: Picture Alliance

Vladimir oblastining Melexovo shahridagi 6-sonli qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy «Sanoat zonasi» deb nomlangan «mahkumlar va qamoqxonachilar kasaba uyushmasi»ni tuzdi. «Salom, bu Navalniy, axloq tuzatish tizimi korxonalarida ishlaydigan fuqarolarning «Sanoat zonasi» kasaba uyushmasi rahbari va asoschisi», — deb yozdi siyosatchi 10 avgust, payshanba kuni Twitter’da.

U o‘z harakatini Rossiya qamoqxonalarida 600 mingga yaqin odam ekspluatatsiya qilinayotgani bilan izohladi, biroq qo‘riqchilar manfaatlarini himoya qilishdan mamnun bo‘lishini ham qo‘shimcha qildi. «Xo‘sh, nega yo‘q? Men koloniya ishchisiman. Tikuvchiman. Boshqa mahkumlar ham ishchilar. Qo‘riqchilar ham koloniya ishchilari. Mehnat huquqi bo‘yicha biz farq qilmaymiz. O‘z huquqlarimizni himoya qilish uchun kasaba uyushmasi tuzishimiz mumkin», - dedi Aleksey Navalniy. 

Avvaliga 6-sonli koloniya ma’muriyati Navalniyning rasmiy bayonotini hazil sifatida qabul qildi, keyin esa kasaba uyushmasi tashkil etilishini «noqonuniy» deb e’lon qildi. «Keyin meni har kuni intizom komissiyasiga chaqirib, turli rasmiy sabablarga ko‘ra tanbeh berishni boshlashdi: forma qoidasini buzganlik va hokazo. So‘ng butun bir delegatsiya mening kazarmamga kelib, menga «tayyorlanayotgan jinoyatdan tiyilish haqida ogohlantirish»ni tantanali ravishda topshirdi. Uni men kasaba uyushmasini tuzib, tayyorlayotgan ekanman. To‘g‘risini aytsam, mahkumlar kasaba uyushmasidan ma’muriyatdan ko‘ra ko‘proq qo‘rqib ketdi», - dedi Navalniy va qo‘shimcha qildi: «Har safar u haqida gapirganimda, mening qotillarim qayg‘u bilan: «Aleksey, iltimos, to‘xta. Sen tufayli ular bizni hech qachon qo‘yib yuborishmaydi va hammasi yomon tugaydi».

Muxolifatchining so‘zlariga ko‘ra, kasaba uyushmasi allaqachon birinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi: koloniya ma’muriyati tikuvchilik sexidagi kursilarni suyanchiqli stulga almashtirib berdi. «Agar siz kuniga yetti yoki sakkiz soat tikuv mashinasida o‘tirsangiz, ishoning, bu muhim», — deb yozgan Navalniy. Keyingi qadam butun Rossiya bo‘ylab taburetkalarni stullar bilan almashtirish bo‘ladi, deya ishonch bildirdi siyosatchi.

Shuningdek, Aleksey Navalniy ijtimoiy tarmoqlarda Jazoni ijro etish federal xizmati (JIFX) direktoriga, shuningdek, 6-sonli koloniya rahbariga kasaba uyushmasi tashkil etilgani haqida bildirishnoma yuborganini e’lon qildi. 

Uning matbuot kotibi Kira Yarmish Navalniy haqida siyosatchining boshqa mahbuslar huquqlarini himoya qilishga sodiqligi haqida gapirar ekan, «Aleksey - juda zo‘r», dedi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid