Seysmik xavfsizlik sohasida yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ko‘krak nishoni bilan seysmologiya, inshootlar seysmik mustahkamligi, aholi va hududlar seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasini rivojlantirish, sohada zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, kuchli zilzilalar yuz berishi xavfi paydo bo‘lganda ular oqibatlarini bartaraf etishga doir zarur choralar ko‘rish borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
O‘zbekiston seysmologiya, inshootlar seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini rivojlanishi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xo‘jalik birlashmalari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 avgustga qadar Fanlar akademiyasiga taqdim etadi.
Nomzodlar bo‘yicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida ma’lumotnoma, so‘nggi uch yil davomida seysmologiya, inshootlar seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlik sohasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma taqdim etiladi.
Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etiladi. Komissiya xulosasi asosida Fanlar akademiyasi prezidentining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 1 sentabrga qadar chiqariladi.
Ko‘krak nishoni har yili 13 sentabr – “O‘zbekiston aholisi va hududi seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun arafasida Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdori to‘rt baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron XAEA bosh direktorini yadro inshootlariga kiritmaydigan bo‘ldi
Jahon | 21:11
-
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi
Jahon | 20:36
-
Bobur Abduxoliqov va Gulruxbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Sport | 19:50
-
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi
Iqtisodiyot | 19:40
Mavzuga oid

08:09 / 22.07.2024
O‘zbekistonda seysmik zaif bino-inshootlar soni ma’lum qilindi

12:48 / 14.06.2024
O‘zbekiston va Xalqaro seysmologiya markazi zilzilalar tahlili sohasida hamkorlik qiladi

14:19 / 10.06.2024
Seysmologiya instituti direktori o‘zgardi

10:18 / 18.04.2024