Jahon | 08:45 / 13.08.2022
6220
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspertlar Davlat dumasiga saylovlarda 1,2 mln ovoz soxtalashtirilganini isbotladi

Kuzatuvchilar guruhi Rossiyaning 12 ta mintaqasida ovozlarni soxtalashtirish faktini aniqladi. Ularning fikricha, 2021 yilda DDga bo‘lib o‘tgan saylovlarda 17 mlngacha ovoz soxtalashtirilgan bo‘lishi mumkin. 

Foto: TASS

«Meduza» nashri so‘roviga ko‘ra tekshiruv o‘tkazgan bir guruh kuzatuvchilar 2021 yilda Davlat dumasiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda Rossiyaning 12 ta mintaqasida 1,2 mln saylovchilar ovozi soxtalashtirilgani faktini aniqladi. 12 avgust, juma kuni «Meduza» saytida chop etilgan surishtiruvga ko‘ra, bu nisbat boshqa mintaqalarda saqlanib qolgan holda, jami 17 mlngacha ovoz soxtalashtirilgan bo‘lishi mumkin, degani. Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, bu hisob-kitoblar federatsiya sub’yektlari o‘rtasidagi farqlarni hisobga olmagan va taxminiydir. 

2021 yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda saylov uchastkalariga videokameralar o‘rnatildi, biroq ulardan erkin foydalanish imkoni bo‘lmadi. «Meduza» 19 ta mintaqadagi to‘qqiz mingdan ortiq uchastka va hududiy saylov komissiyalari xonalariga o‘rnatilgan kameralardan million soatdan ortiq tasvirlarni oldi.

Ushbu uchastkalarning uchdan bir qismidagi yozuvlar neyrotarmoq yordamida tahlil qilindi. Ularning ko‘pchiligida, tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu 3505 saylov uchastkasida 3 mln 200 ming kishi ovoz berdi. Shu bilan birga, ikki milliondan sal ko‘proq saylovchi videoga yozib olingan, deb yozadi «Meduza».

Surishtiruvchilar neyrotarmoq yordamida Krasnodar o‘lkasi, Sankt-Peterburg, Tatariston, Kemerovo oblasti, Kabardin-Balkariya, Boshqirdiston, Mordoviya, Tiva, Chukotka va Yamalo-Nenets avtonom okruglari, Bryansk va Saratov oblastlaridan videolarni o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.

Saylovlardan so‘ng darhol saylov bo‘yicha mustaqil tahlilchi Sergey Shpilkin saylov uchastkalaridan olingan ochiq ma’lumotlarga asoslanib, 13,8 mlnga yaqin ovoz soxtalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini hisoblab chiqdi. Kreml Davlat dumasiga saylovlarda katta miqyosdagi firibgarlik sodir etilganini rad etadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid