“Ixtiroçilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Özbekiston Ixtiroçilar va ratsionalizatorlar jamiyati nodavlat notijorat taşkiloti taşkil qilinadi. Respublika iqtisodiyoti barça tarmoqlarida ixtiroçilik faoliyatini rivojlantiriş jamiyat asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
2022 yildan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtiroçilik va ratsionalizatorlik böyiça körik-tanlov ötkaziladi. Körik-tanlov ğoliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi: 1-öringa – 90 mln söm; 2-öringa – 75 mln söm; 3-öringa – 60 mln söm.
Mablağlar Ilm-fanni moliyalaştiriş va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan qoplanadi. Körik-tanlovlarda ğoliblarning ixtirolarini kelgusida startap loyihalar doirasida moliyalaştirişga ustuvorlik beriladi. Ğoliblar magistratura mutaxassisligiga Yoşlarga oid davlat siyosatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi granti hisobidan imtihonsiz qabul qilinadi.
















