Boksçi Lazizbek Mullajonovning namunasida doping moddasi borligi aniqlandi. Bu haqda Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Mullajonovning 2025 yil 11 iyunda topşirgan namunasida metasteron aniqlangan. Test sinovi musobaqadan taşqari davrda ötkazilgan.
Metasteron – taqiqlangan modda bölib, muşaklarning tez ösişiga, kuç va çidamlilikni oşirişga yordam beradigan sintetik anabolik androgen steroid.
Sportçi uşbu holat haqida xabardor qilingan va B namunasini tahlil qilişni söraş huquqiga ega.
Ta’kidlanişiça, agar B namuna tahlili söralsa va A namunasi natijasini tasdiqlasa, iş dopingga qarşi qoidalarning tasdiqlangan buzilişi deb hisoblanadi.
Agar B namunasini tahlil qiliş söralmasa, u holda iş baribir dopingga qarşi qoidalarning tasdiqlangan buzilişi sifatida körib çiqiladi. Sportçiga natijalar böyiça öz tuşuntirişini taqdim etiş imkoniyati beriladi.
Butunjahon antidoping kodeksi qoidalariga köra, Mullajonov vaqtinçalik barça musobaqalardan çetlatilgan.
Lazizbek Mullajonov 26 yoşda. 2024 yilgi yozgi Olimpiadada u 92 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan edi. Şuningdek, 2023 yilgi jahon çempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi.

















