Huquq-tartibot idoralari Farg‘ona «tilla» bozori yonidagi mojaroga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada janjallar uyasiga aylanib qolgan norasmiy tilla bozori haqida videoxabar tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB tomonidan holat o‘rganib chiqildi.
Farg‘ona shahar Bozorboshi va Sanoat ko‘chalari kesishmasidagi piyodalar yo‘lagi ikki chetida 10 ga yaqin zargarlik do‘koni qo‘yilgan. Shu joy yaqinida MChJga qarashli oshxona faoliyat olib boradi. Oshxona Bozorboshi ko‘chasi tomonidan kirish chiqish eshigi zinasi o‘ng tomonida 2 ta ko‘chma zargarlik do‘koni qo‘yilgan. Ushbu oshxona va do‘kon egalari do‘konni boshqa joyga ko‘chirish masalasida muntazam tortishib kelgan.
Joriy yil fevral oyida ham oshxona va zargarlik do‘koni egalari o‘rtasida og‘zaki janjal kelib chiqqani sababli, profilaktika inspektorlari tomonidan 6 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar JIB Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.
Joriy yil 10 avgust kuni viloyat IIB 102 raqamiga fuqaro A.G. murojaat qilib, yuqoridagi manzilda T.M., S.K. unga tegishli savdo do‘konini o‘zboshimchalik bilan buzib yuborayotgani sababli qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Chaqiruvga asosan profilaktika inspektori hodisa joyiga yetib borib, holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda yetkazilgan zararni aniqlash maqsadida baholash ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
10:16 / 12.11.2024