O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish qonun bilan belgilandi
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Favqulodda vaziyatlar ro‘y berish manbaiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar; texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar beriladi.
Prognoz qilingan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyat ko‘lami va holatiga qarab muayyan hududda favqulodda vaziyatlar davlat tizimi quyidagi rejimlari o‘rnatiladi: kundalik rejim – muayyan hududda, obektda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lmaganda; yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lganda; favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid axborotni yashirish, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki bila turib yolg‘on axborot taqdim etish taqiqlanadi. Davlat tomonidan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish holati, aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, prognoz qilinayotgan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar, ulardan muhofazalanish usullari to‘g‘risida OAV orqali aholi o‘z vaqtida va ishonchli xabardor qilinishi shart.
Favqulodda vaziyatlarni e’lon qilish: mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda – hokimlar tegishli qarorlari; respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda – hukumat qarori bilan amalga oshiriladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish alohida qonun bilan tartibga solingan.
Mavzuga oid
09:21 / 03.09.2024
O‘zbekistonda yolg‘iz keksalar soni ma’lum qilindi
13:30 / 03.06.2024
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya oluvchi oilalar soni ma’lum qilindi
12:36 / 27.05.2024
Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasi uchun 100 mln dollar ajratdi
09:03 / 24.05.2024