Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda avtobusga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida “Isuzu” rusumli avtobusga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi.
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Bugun, 18 avgust kuni taxminan soat 14:30 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli bo‘lgan “Isuzu” rusumli avtobus metan gaz to‘ldirib chiqqan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz balonlari birida portlash sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi tan jarohati olgan.
Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati boshchiligida ishchi guruh yetib borgan.
Voqea joyida viloyat hamda tuman FVB, IIV, SSV rahbariyati, prokuratura xodimlari holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:24 / 24.03.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada 200 ta ish o‘rni ochildi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
10:39 / 11.03.2026