2022 yil 18 avgust kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Tokio – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysni amalga oshirdi.

Qayd etilishicha, Boeing 767 havo kemasi tongda Narita xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bugundan boshlab Toshkent – Tokio – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni haftada bir marta – payshanba kunlari amalga oshiradi.