20 avgust, şanbaga ötar keçasi, Çernogoriya assambleyasi sayti xabariga köra, boş vazir Dritan Abazoviç boşçiligidagi Çernogoriya hukumatiga mutlaq köpçilik ovoz bilan işonçsizlik votumi bildirildi. Bu Çernogoriya va Serb pravoslav çerkovi (SPÇ) örtasida kelişuv imzolanganidan uç hafta ötmasdan sodir böldi.

Boş vazir Abazoviç va Serbiya patriarxi Porfiriy tomonidan imzolangan kelişuvga binoan, Çernogoriyadagi SPÇning huquqiy maqomi tasdiqlandi, tegişli mulk kafolatlari berildi va uning ayrim maxsus huquqlari bekor qilindi.

Abazoviçning sözlariga köra, qabul qilingan kelişuv boşqa muhim masalalarga e’tibor qaratiş uçun Çernogoriyadagi SPÇ mulkiga oid barça çerkov nizolarini hal qilişga yordam berişi kerak. Tanqidçilar fikriça, boşqa diniy jamoalardan taşqari, SPÇ bilan maxsus kelişuvga ehtiyoj yöq edi.

Hukumatning qulaşi muddatidan oldin parlament saylovlariga olib keladimi yoki Çernogoriya assambleyasini taşkil etuvçi partiyalar yangi hukmron koalitsiya tuzişga harakat qiladimi, hozirça aniq emas.

36 yoşli Dritan Abazoviç 2022 yilning 28 aprelida Podgoritsadagi hukumat tepasiga keldi. Çernogoriya prezidenti Milo Jukanoviç singari u ğarbparast siyosatçi sanaladi.

2006 yilda Çernogoriya Serbiya bilan davlat ittifoqini tark etgaç, Belgrad hukumati SPÇ, şuningdek, serbparast mahalliy siyosiy partiyalar va taşkilotlardan foydalanib, Çernogoriyadagi ta’sirini kuçaytirişga harakat qildi.

Taxminan 620 ming aholiga ega Çernogoriya 2017 yildan beri NATO a’zosi bölib, YeIga a’zo bölişga intilmoqda, biroq bunga Bolqon davlatidagi siyosiy kelişmovçiliklar tösqinlik qilyapti. SPÇ Çernogoriyadagi eng nufuzli diniy taşkilotdir.