Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 122 tonnaga kamaygan.
2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 1,7 ming tonna;
- Qozog‘iston – 615 tonna;
- Qirg‘iziston – 283 tonna.
Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 986 tonna;
- Xorazm viloyati – 505 tonna;
- Toshkent viloyati – 353 tonna;
- Namangan viloyati – 221 tonna.















