Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça tuman (şahar) hokimlari yordamçilari faoliyati samaradorligini yanada oşiriş böyiça namunaviy konsepsiya tasdiqlandi.

Konsepsiya asosiy vazifalari:

  • mahallalar “ösiş nuqtalari”ni (ixtisoslaşuv yönalişlarini) aniqlaş;
  • yangi tadbirkorlikni, “drayver” loyihalarni amalga oşirişda taşabbuskorlarga kömaklaşiş va şu orqali iqtisodiy ösişni ta’minlaş;
  • mahalla ixtisoslaşuvidan kelib çiqib, aholi kambağal qatlami daromadini, kambağal aholi bilan manzilli işlaş yöllari samaradorligini oşiriş;
  • har bir mahalla infratuzilmasini şakllantiriş ustuvor yönalişlarini aniqlaş, davlat tasarrufidagi infratuzilma obektlari, yer uçastkalari, böş turgan obektlardan DXŞ asosida samarali foydalaniş;
  • “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar muammolarini örganiş va hal qiliş;
  • kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş, tadbirkorlikka va özini özi band qiliş faoliyatiga jalb etiş böyiça manzilli kömaklaşiş.

Konsepsiya har yili yanvar oyida, joriy yilda, istisno tariqasida, sentabr oyida hokim yordamçisi tomonidan işlab çiqiladi, fuqarolar özini özi boşqariş organlarida har tomonlama muhokama qilinadi hamda tasdiqlaş uçun tuman (şahar) hokimiga kiritiladi.

Hokim yordamçilari tasdiqlangan konsepsiya ijrosi yuzasidan har oyda - fuqarolar özini özi boşqariş organlari yiğinlarida, har çorakda - tegişli tuman (şahar) hokimiga hamda yil yakuni böyiça - xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlariga hisobot taqdim etadi.