Mualliflik huquqi obektlari elektron nusxalari yagona bazada saqlanadi
Hukumat qarori bilan mualliflik huquqi obektlari elektron nazorat nusxalarini yagona bazada saqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizom mualliflik huquqi obektlarini saqlashga qabul qiluvchi tashkilotlar (depozitariylar) tomonidan mualliflik huquqi obektlari elektron nazorat nusxalarini mualliflik huquqi obektlari yagona bazasida saqlash tartibini belgilaydi.
Yagona bazani yuritish, texnik ta’minlash hamda mualliflik huquqi obektlari elektron nazorat nusxalarini yagona bazaga kiritish jarayonlari Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Yagona bazada quyidagi mualliflik huquqi obektlari elektron nazorat nusxalari saqlanadi: adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar); drama va ssenariy asarlari; matnli yoki matnsiz musiqa asarlari; musiqali drama asarlari; xoreografiya asarlari va pantomimalar; audiovizual asarlar; rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy san’at boshqa asarlari; manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari; arxitektura, shaharsozlik va sahna bezagi san’ati asarlari; fotografiya asarlari va fotografiyaga o‘xshash usullarda yaratilgan asarlar; geografiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, geografiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar; barcha turdagi elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar.
Mualliflik huquqi obekti elektron nazorat nusxalari yagona bazada muddatsiz saqlanadi. Mualliflik huquqi obekti yagona bazaga kiritilgani haqidagi ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34
Mavzuga oid

12:12 / 16.01.2025
Voronej oblastida neft bazasida dron hujumidan keyin yong‘in chiqdi

15:22 / 21.08.2024
Litva Belarus yaqinida Bundesver uchun baza qurishni boshladi

10:44 / 25.07.2024
Fotografiya asaridan ruxsatsiz foydalangan nashriyot uyiga chora ko‘rildi

15:53 / 26.10.2023