«Özbekiston temir yöllari» Riga erkin porti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda Spot naşri PortNews sanoat portaliga tayangan holda xabar berdi. 

Tomonlar Özbekiston Transport vazirligi rahbari Ilhom Mahkamovning Latviyaga amaliy taşrifi çoğida kelişuvga erişdi. Mazkur kelişuv ikki davlat örtasidagi transport va tranzit aloqalari salohiyatini röyobga çiqarişga xizmat qilişi kutilmoqda. 

Kompaniyalar Latviya va Özbekiston örtasida import-eksport va tranzit yuk taşiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş ustida iş olib boradi. Tomonlar transport-logistika loyihalarini ham özaro qöllab-quvvatlaydi. 

Şuningdek, Riga porti Özbekiston yuk egalari va korxonalari uçun ÖTY saytida ma’lumotlarni e’lon qiliş imkoniyatiga ega böladi. U portning işi, xizmatlar uçun tariflar, port bilan işlaş şartlari va imtiyozlari haqida ma’lumotlarni öz içiga oladi. 

Riga porti direktori örinbosari Martinş Zemanis «yaqin kelajakda faol özaro manfaatli hamkorlikka» umid bildirdi. Latviya tomoni iqtisodiy aloqalar va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş vazifasini qöymoqda. 

2022 yil boşidan Riga porti orqali Özbekistonga va aksinça yönalişda kelayotgan yuk taşiş hajmi oşib bormoqda. Yarim yil davomida port respublikadan 48,9 ming tonna yuk, jumladan, meva, öğit va plastmassalar qabul qildi. Qarama-qarşi yönalişda 52 ming tonna - asosan Braziliya şakari yuborildi.