O‘zbekiston | 09:21 / 25.08.2022
12946
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda to‘xtab turgan Nexia mashinasining gaz balloni portladi

Holat yuzasidan Ko‘kdala tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

2022 yil 21 avgust kuni soat 12:00 larda Ko‘kdala tumani Soybo‘yi mahallasida yashovchi E.S. boshqaruvida bo‘lgan Nexia mashinasiga o‘rnatilgan metan gaz balloni to‘xtab turgan joyida portlab ketgan.

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan. Faqat mashinaga jiddiy zarar yetib, u yaroqsiz holga kelgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida Isuzu avtobusiga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi tan jarohati olgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid