So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, agar biz atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’sirimizni to‘liq to‘xtata olgan taqdirimizda ham, endi iqlim o‘zgarishi jarayonini to‘xtata olmasligimiz ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Xo‘sh, bu fakt Yer yuzida insoniyat to‘liq qirilib ketish xavfi ostida qolganini anglatadimi? Agar shunday bo‘lsa, Yer sayyorasida qay jonzotlar omon qolishi mumkin?

Insoniyat global iqlim isishidan omon chiqa oladimi?

So‘nggi rasmiy statistikaga ko‘ra, ayni paytda har to‘rtinchi jonzot qirilib ketish xavfi ostida yashamoqda. Bu hol asosan jahon okeani sathining o‘zgarishi, ekstremal ob-havo sharoitlarining paydo bo‘lishi va sayyoramizda umumiy haroratning ko‘tarilishi tufayli ro‘y bermoqda.

Bunday o‘zgarishlarga tezroq moslashish uchun tirik organizmlar ko‘proq nasl qoldirishga majbur bo‘lishadi.

Pandalar global isishning qurbonlaridan biri bo‘ladi. / Foto: denverpost.com

Bunda pandalar birinchilardan bo‘lib qirilib ketishi mumkin.

Qaysi jonzot va o‘simliklar global iqlim isishidan omon chiqadi?

Yuqorida aytilganidek, sharoitlari murakkablashib borayotgan sayyoramizda tez-tez va ko‘proq nasl qoldirishga layoqatli turlar tirik qolishi uchun imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, populyatsiyaning umumiy jon saqlab qolishi ularning moslashuvchanlik qobiliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi.

O‘zgarib borayotgan sharoitlarga sudralib yuruvchilar (reptiliyalar) va ham suvda, ham quruqlikda yashovchi (amfibiyalar) kabi sovuq qonli jonzotlar kamroq moslashishadi. Bunday jonzotlarda o‘z tanasi haroratini nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi tufayli ular yoppasiga qirilib ketadi.

Sudralib yuruvchilarga ham oson bo‘lmaydi. / Foto: pixabay.com

Tropik o‘rmonlarda emas, asosan cho‘lli hududlarda uchraydigan issiqlik va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar katta ehtimol bilan jon saqlab qoladi.

Urug‘lari hasharotlar bilan emas, shamol va okean oqimlari yordamida uzoq masofalarga tarqaladigan o‘simliklar ham omon qolishi mumkin.