«Assalom alaykum, talab va istaklarni inobatga olib, MTRK La Liga huquqini oldi. Biz doim harakatdamiz», - deya yozadi «Sport» TV bosh direktori.

Ispaniya chempionati TV-translatsiyasi huquqi so‘nggi yillarda «UzReport» telekanaliga tegishli bo‘lib, bu yil La Ligani namoyish etmayotgan edi. Musobaqaning 3-turidan oldin O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi yangi mavsum uchun translatsiya huquqini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, YeChL, yevrokuboklar, Italiya A Seriyasi o‘yinlari ham aynan MTRK telekanallari orqali namoyish etilayotgan edi. APL, Bundesliga va Fransiya chempionati namoyishi huquqi esa hozircha O‘zbekistonda hech qaysi telekanal tomonidan sotib olinmagan.