Kun.uz muxbiri Saudiya Arabistonidagi özbeklar, işlaş va ta’lim oliş, şuningdek boşqa masalalarda uzoq yillardan buyon uşbu davlatda istiqomat qilib kelayotgan yurtdoşimiz, Madina Islom universiteti magistranti Mahmud Usmon bilan suhbatlaşdi.

— Uzoq vaqtdan söng Özbekistonga kelgaç qanday özgarişlarni sezdingiz?

— Özgarişlar judayam köp, lekin eng asosiylari yoşlarning ilmga, ayniqsa IT sohalariga qiziqişlarini körib quvondim. Bu hodisalar Umar roziyallohu anhu bilan boğliq bir voqeani eslatdi.

Umar roziyallohu anhu bir uyda ötirib, arablarning odatlariga köra, şeriklariga «orzu qilinglar» deydi. Bittasi, men şu uy töla tillam bölsa, Alloh yölida nafaqa qilsam, deya orzu qilardim, deydi. Qolganlari ham boylikka doir orzularni va ular bilan yaxşiliklar qilişni orzu qiladi. Umar roziyallohu anhu u fikrlarga e’tibor qilmaydi. Unda özingiz ayting, deyişadi.

Şunda Umar roziyallohu anhu: «Men orzu qilardimki, şu uy töla Muoz ibn Jabal, Abu Ubayd ibn Jarroh va Abu Huzayfalarga öxşagan odamlar bölsa», deb aytadi.

Bundan xulosa olsa böladiki, davlatning rivojlanişi uçun resurslardan köra unga köproq öz işining mutaxassisi bölgan kadrlar kerak.

— Uzoq vaqt davomida ilm talabida yuribsiz. Şu ma’noda oliy va örta maxsus diniy bilim yurtlarida ta’lim olayotgan yoşlarga qanday maslahat va tavsiyalar bergan bölardingiz?

— Şar’iy ilm oliş judayam buyuk yöl hisoblanadi, avvalo vaqtlarini foydali ilm olişga sarflaşsin. Sahih hadisda Payğambarimiz alayhissalom: «Kimda kim ilm oliş uçun bir yölga tuşsa, Alloh taolo unga jannat yölini oson qilib qöyadi», dedilar.

Qayerda öqimasin, behuda bahs va tortişuvlarga, ulamolar ming yillar avval hal qilib ketgan katta-katta masalalarga kirişmasdan, foydali ilm bilan bilan şuğullansin. Asosiy e’tiborni hozirgi kunda paydo bölayotgan yangi masalalarga yeçim topişga harakat qiliş kerak.

Bundan taşqari, axloqni örganiş va tartib bilan ilm oliş kerak. Şuningdek, çuqur kalomiy masalalardan qoçiş kerak. Fiqhni yaxşilab örganiş kerak. Öylaymanki, şunda bizdan yana Buxoriy va Termiziy kabi dunyo musulmonlari uçun kerak böladigan ulamolar çiqadi.