Özbekistonda sönggi yillar Islom moliyaviy muassasalarini rivojlantiriş borasida salmoqli işlar qilinmoqda. Xususan, banklarda islomiy darçalar va mikromoliya taşkilotlari oçilmoqda. Bundan taşqari, Islomiy banklar faoliyatini yölga qöyiş uçun zamin böladigan qonunçilik işlab çiqilmoqda. Quvonarli tarafi, bunday işlar prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ham qöllab-quvvatlanib, soha rivoji uçun alohida e’tibor ajratilmoqda.
Kun.uz muxbiri – Islom moliyasi böyiça AAOIFI sertifikati sohibi, Madina Islom universiteti magistranti Mahmud Usmon hamda Toşkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori Husayn Rajabov bilan suhbatlaşdi. Mutaxassislar Islom moliya tizimi va uning dunyo iqtisodidagi örni, Özbekistonda Islomiy banklar oçiş, qonunçilikda kutilayotgan özgarişlar haqida söz yuritadi va ularga öz tavsiyalarini berdi.
— Islom moliyasi özi nima? Islom moliyasi deganda, nimani tasavvur qiliş kerak?
Mahmud Usmon:

— Islom moliyasiga kengroq va torroq ma’noda qaraş mumkin. Kengroq olganda, har qanday jismoniy va yuridik şaxslarning moliyaviy munosabatlari, har qanday moddiy qiymatga ega bölgan narsalar kiradi. Torroq ma’noda investitsiyani yaratiş va örganişdagi asoslarning islomiy qoidalarga qurilişi Islom moliyasi böladi. Bir narsani e’tiborga oliş kerak. Islom moliyasi yangi paydo bölgan muqobil emas, balki öziga qadar mavjud bölgan moliyaviy jarayonlarning xatosini töğriladi, xolos. Masalan, tijoratda nizoga olib boruvçi majburlik elementi, ribo bilan boğliq masalalar bor edi. Islom mana şu munosabatlarni töğriladi. Ya’ni taqiqlangan elementlardan tozalangan şakldir.
— Hozirgi vaqtda dunyo iqtisodiyotida Islom moliyasining örni va u qanday ösib boryapti?
Husayn Rajabov:

— Islom moliyasi rivojlaniş tarixi 40-45 yilni öz içiga oladi. Lekin şunga qaramasdan, hozir Islom moliyasining aktivlari 4 trln dollarga yetgan. Töğri, global moliyaviy tizimda bu 2 foizni taşkil etadi, lekin qisqa vaqt içida rivojlaniş tez bölyapti. Hozirda islom moliyasining yillik ösişi 15-20 foizni taşkil etyapti. Butun dunyoda 500 dan ortiq islomiy banklar faoliyat yuritmoqda. Bundan taşqari boşqa moliyaviy taşkilotlar 2 mingga yaqin. Nafaqat islomiy davlatlar, balki nomusulmon bölgan Yaponiya, AQŞ, Angliya kabi davlatlarda islomiy banklar bor.












