Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bunyodkor shohko‘chasida qarama-qarshi harakatlangan «Lasetti» haydovchisi 15 sutkaga qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi huquqbuzarni MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Lasetti” mashinasi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlangani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil 24 avgust kuni soat 22.20 larda 1986 yilda tug‘ilgan J.M. “Lasetti” mashinasini tegishli hujjatlarsiz, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda boshqarib, Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida yo‘l qarama-qarshi tomonida harakatlangan.
Huquqbuzarlik sodir etgan J.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 128-5-moddasi 2-qismi, 135-modda, 194-modda bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etilgan.
Sud qoidabuzarga nisbatan to‘plangan hujjatlarni ko‘rib chiqib, unga nisbatan qaror qabul qilgan. Qoidabuzar haydovchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
14:23
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
17:29 / 09.07.2026