Qoraqalpoğiston voqealarini tekşiriş ötkaziş böyiça parlament komissiyasi va Jöqorği Kenges Boş prokuraturadan ba’zi fuqarolarning qamoq ehtiyot çorasini yengilroğiga almaştirişni söradi.

Qamoqdan ozod qiliş söralganlarning röyxatiga qilmişidan puşaymon bölgan, qaramoğida voyaga yetmagan farzandlari bor, oilaviy şaroiti oğir va oilada yolğiz boquvçi bölgan fuqarolar kiritilgan.

Komissiya axborotiga köra, yakkama-yakka şaklda ötkazilgan suhbat davomida ular vaziyatni yaxşi anglamagan holda yolğon axborotlar ta’siriga tuşib qolişganini, sodir etgan qilmişiga çin köngildan puşaymon ekanliklarini bildirişgan. Ayniqsa, ayollar farzandlarini juda soğinişgani va bölib ötgan voqealardan töğri xulosa çiqarişganini aytişgan.

“Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi komissiya a’zolari tomonidan şakllantirilgan röyxatdagi şaxslarga mahalliy tuman kengaşlari deputatlarini jamoatçilik kafilligi asosida biriktiriş taklifini qöllab-quvvatladi.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, komissiya va Jöqorği Kengesi tomonidan sodir etgan qilmişlaridan puşaymon bölgan, qaramoğida voyaga yetmagan farzandlari bor, şuningdek oilaviy şaroiti va ijtimoiy holati oğir hamda oilada yolğiz boquvçi bölgan fuqarolarga insonparvarlik tamoyili asosida qamoq ehtiyot çorasini jamoatçilik nazorati va uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasiga almaştirilişini sörab Boş prokuraturaga taklif kiritildi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 1-2 iyul kunlari bölib ötgan namoyişlar sabab, 4 iyulda berilgan rasmiy xabarga köra, 516 kişi hibsga olingan; ulardan aksariyati ma’muriy jarima qöllangan holda qöyib yuborilgani aytilgandi.

  • Parlament komissiyasi, tegişli nizomga muvofiq, Qoraqalpoğistonda röy bergan voqealarni mustaqil örganişi lozim. Davlat idoralari tomonidan komissiya faoliyatiga aralaşuviga yöl qöyilmasligi belgilangan. Komissiya aholi va jamoatçilik fikrini örganişga zarur deb bilgan har qanday holat va ma’lumotlarni oliş huquqiga ega.