“Ehtiyot böliş kerak” - Jahon banki iqtisodçisi Özbekistondagi xususiylaştiriş risklaridan ogohlantirdi
|01:03 / 31.08.202230 62910 min
Yerlarni va davlat korxonalarini xususiylaştirişda qonunlarga amal qilinmasa va hisobdorlik bölmasa, bu katta xatarlarni keltirib çiqaradi, dedi Uilyam Zeyts Kun.uz'ga bergan intervyusida. Jahon banki kelgusi 2-3 yil içida Özbekistonda davlat hokimiyati oligarxlarning kuçli ta’siri ostiga tuşib qolişini prognoz qilyapti.
Jahon banki Özbekiston haqida e’lon qilgan eng oxirgi hisobotida mamlakatda oligarxiya vujudga kelişi ehtimoli yuqori ekanidan ogohlantirgan. Xöş, bu nimani anglatadi? Umuman, Özbekistonda daromadlar tengsizligi qay darajada?
Kun.uz şu kabi savollar bilan Jahon banki katta iqtisodçisi Uilyam Zeytsga murojaat qildi.
— Jahon banki Özbekistondagi tengsizlik böyiça oxirgi marta 2003 yilda hisobot e’lon qilgan. Ötgan davrda eng yuqori daromadlilar va eng past daromadlilar holati qançalik özgardi?
— Mamlakatning tizimli diagnostikasi nomli hisobotimiz yaqinda naşr etildi. Biz bu masala borasida tahlil ötkazdik. Uzoq muddat böyiça soliştirma tahlil ötkazişning öziga yaraşa murakkabliklari bor. Çunki oradan juda uzoq vaqt ötgan. Tadqiqotimizda 2015 yildan hozirgaça bölgan davrni qamrab olişga harakat qilganmiz. Şu davrdagi quyi va yuqori qatlamdagi daromadlarning özgarişiga e’tibor qaratdik.
Xulosa şundan iboratki, 2017 yildan keyin inflatsiya böyiça tuzatişlar kiritilganda bu juda köp odamlarga öz ta’sirini körsatdi. 2017 yilgaça esa hatto iqtisodiyot össa ham daromadlar ösişi kuzatilmagandi. Ya’ni iqtisodiyotning ösişi taqsimoti köpgina odamlar manfaatiga teng bölmadi. Bu eng katta muammo edi. Öz navbatida, bu kambağallikning ösib borişiga ham hissa qöşardi.
Biz tahlil qilgan statistik ma’lumotlarga köra, 2017 yildan boşlab aholining daromadlari ösib bordi va umumiy aholi daromadlari viloyatlarda ham turli yöllar, şu örinda pul ötkazmalari sabab ham ösdi. Hatto inflatsiya össa ham, daromadlar ortda qolmadi. Umumiy aholining daromadlari ösişi ijobiy baholandi.
Şu bilan muammo ham bor edi, ya’ni eng yuqori 10 foiz aholi daromadlari quyidagi 10 foizga nisbatan tezroq ösib bordi. Şuning uçun biz qaysi yönalişda rivojlanib borişini tuşuniş uçun uşbu jarayonni juda yaqindan kuzatişimiz lozim. Ya’ni muayyan muddat va heç bölmaganda 2019 yildagi ma’lumotlarga qarasak, daromadlar ösib bordi va aytilganidek, yuqori daromadlilarning daromadlari past daromadlilarga nisbatan tezroq ösdi.
— Özbekistonda daromadlar tengsizligiga ta’sir etuvçi omillar va taşqi ta’sirlarni aytib bera olasizmi?
— Bir neçta taşqi zarbalar bor. Global darajada inflatsiyaning ösişi barça Markaziy Osiyodagi davlatlar uçun umumiy omildir, xususan Özbekiston uçun ham. Oziq-ovqat narxlari juda tez sur’atlarda ösmoqda va ularning narxlari odamlar xarid qiluvçi boşqa narsalarga qaraganda tezroq oşyapti. Bu xususan past daromadli odamlar uçun köproq qiyinçilik tuğdiradi, çunki ular öz mablağlarining aksar qismini oziq-ovqatga sarflaydi.
Mavzuga oid
Covid-19 pandemiyasi ham dunyo uçun yirik zarbalardan biri böldi, biz bunday holatni bir neça avlod davomida hali kuzatmaganmiz. Bu nomutanosib ravişda ijtimoiy himoya tizimidan foydalanişga kamroq imkon bölgan yoki kamroq ta’minlangan, mablağlari yetarli bölmaganlarga oğirroq holatni keltirib çiqardi. Ular xavfsizlik nuqtayi nazaridan muayyan muddat işlay olmadilar, kasal böldilar yoki boşqa katta xatarlar ostida qolganliklari uçun bu tengsizlikning ösişiga olib keldi. Özbekiston böylab ma’lumotlarga ega emasmiz, lekin dunyo böylab bu kuzatildi. Öylaymizki, Özbekistonda ham şunga öxşaş holat yuz bergan.
Özbekistonda tengsizlik masalasida juda muhim jihatlar mavjud, ulardan biri – oylik maoşlar.
Tengsizlikni qisqartirişga muvaffaq bölgan mamlakatlar köpinça bunga maoşlarni oşiriş bilan erişişgan. Ya’ni bu odamlar oladigan daromadning eng keng tarqalgan turidir. Mehnat uçun haqlar ösganda, bu tengsizlikni ham qisqartiradi.
Yana bir Özbekistonga xos jihat bor: mobillik. Tengsizlikni qisqartirgan mamlakatlar daromadlar konvergensiyasiga tezroq erişgan. Kambağal qatlamlarning daromadlari boylarga nisbatan tezroq ösib borgan va şu orqali ularga yetib olişgan. Biz buni köproq mobillik bor joylarda kuzatişimiz mumkin, ya’ni odamlar öz iş joylarini tez ögartirişadi, şu bilan yaşaş joyini ham özgartirişadi. Kamroq oylik va kam işçi örni bölgan joylardan, köproq iş joyi va yuqoriroq maoş bor joylarga köçib borişadi.
Özbekiston şaroitini qaraydigan bölsak, Toşkentdagi örtaça oylik boşqa hududlarga qaraganda 2,7 barobar köproq. Köp odamlar Toşkentga yoki boşqa köp oylik taklif qiluvçi joylarga köçib borişadi. Bu mamlakatda tengsizlikni qisqartiriş uçun qöllaniladigan eng samarali usullardan biri. Lekin Özbekistonda uzoq muddat davomida aholi mobilligi darajasi past edi. Ya’ni hozirda Özbekistonda mobillikni oşiriş tengsizlikni qisqartirişga hissa qöşişi mumkin.
Iş örinlari va yoşlar uçun yaxşi ta’lim tizimini yaratiş tengsizlikni qisqartirişga yordam beradi. Ayollar uçun iş joylari borligi ham muhim. Özbekistonda şunday holat yuzaga kelganki, mehnat bozorida ayollarning iştiroki nisbatan past. Ayollar uçun mehnat borasida öziga yaraşa diskriminatsiya bor.
— Jahon bankining sönggi hisobotida Özbekistonda iqtisodiy ösişning kambağallikni qisqartirişga ta’siri pasayib borayotgani aytiladi. Bunga sabab nima deb öylaysiz?
— Juda yaxşi savol böldi, katta rahmat. Bu Özbekiston duç kelayotgan muammolardan biri. Hukumat bu borada jiddiy yondaşuvga egaligini kuzatişingiz mumkin. Buning sababi hozirgi kundagi ösişning asosiy manbalari bir yönalişda konsentratsiya bölib qolganidadir. Ya’ni Özbekiston sönggi 10-20 yil davomida erişgan ösişining asosiy omillari tabiiy resurslar bilan boğliq. Tabiiy resurslarga boğliq bölgan ösişda asosiy jihati u aholi orasida teng taqsimlanişi yoki taqsimlanmasligi mumkin.
Özbekiston holatiga qaraydigan bölsak, odamlar işlaydigan asosiy sohalar – xizmat körsatiş va qişloq xöjaligidir. Iqtisodiyot pastroq sur’atda ösayotgan hollarga qarasak, ular tabiiy resurslarga boğliq. Bu nima degani? Özbekiston ösiş borasida yaxşi körsatkiçlarga ega. Köp mamlakatlar Özbekiston darajasidagi ösişga erişişni xohlagan bölardi, ammo bu ösişning asosiy manbalari bir sohada töplanib qolgan.
Kelajakka qaraydigan bölsak, qanday qilib inklyuziv ösişni ta’minlaş mumkin? Biz bu masalani şunday örgandikki, uning doirasida kambağallikni qisqartirişda iqtisodiyotning sohalariga e’tibor qaratiş kerak. Ya’ni bu qişloq xöjaligi – unda köproq qöşimça qiymat bölişi mumkin, köproq samarador bölişi va şu orqali mehnat uçun tölov köproq bölişi lozim. Şu tariqa odamlarni kambağallikdan çiqariş mumkin.
Xizmatlar sohasini oladigan bölsak, bu sohada raqobat ta’minlanişi kerak. Ya’ni bu bilan ularning rivojlanişi uçun zarur muhit yaratilgan böladi. Hukumatning asosiy e’tibori eng köp salohiyatga ega sohalar va kamroq imkoniyatga ega odamlarga qaratilişi lozim.
— Oxirgi hisobotingizda Özbekistonda qarorlar qabul qiliş şaxsiy manfaat egalari qölida töplanişi, 2025 yilga borib Özbekistonda oligarxlar paydo bölişi xavfi eng yuqori çöqqisiga çiqişi mumkinligi yozilgan. Bu butun mamlakat böylab daromadlar tengsizligi kuçayişi mumkin deganimi?
— Özbekiston xususiylaştiriş kabi keng islohotlarni amalga oşirgan davlatlar tajribasidan, oldin sodir bölgan xatolardan saboq oliş imkoniyatiga ega. Ular köproq bozorga asoslangan iqtisodiyotga ötişgan. Istiqbollar katta, şu narsa aniqki, agar xususiylaştiriş islohotlari töğri amalga oşirilsa, mamlakatda daromadlarning ösişiga hissa qöşadi. Agar töğri amalga oşirilmasa, tengsizlikning ösişi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Yerlarni, davlat korxonalarini xususiylaştiriş kuçli qonuniy asosda amalga oşirilmasa va hisobdorlik ta’minlanmasa, bu holatda juda köp xatarlar bor. Bu xatarlarga tadqiqotimizda işora qilganmiz. Xatarlarning eng yuqori nuqtalari keyingi 2-3 yil içida sodir böladi.
Bu jarayonda katta imkoniyatlar ham bor. Bu yerda asosiy urğu şundaki, Özbekiston bu islohotlarni amalga oşirişi kerak emas demoqçi emasmiz, bu qadamlarni bosişda ehtiyot böliş kerakligini aytmoqçimiz. Agar muayyan çoralar yaxşi amalga oşirilsa, bundan Özbekiston aholisi ham katta foyda köradi.
— Jahon banki oligarxiya xavfini prognoz qilganda qandaydir aniq keyslarni tahlil qildimi? Şu keyslardan misol keltira olasizmi?
— Mustaqillikdan söng Özbekistonda ötkazilgan xususiylaştiriş jarayoni ança tor bölgan. Ya’ni davlatga tegişli mulklarni xususiylaştiriş sur’ati juda past bölgan va ularga davlat tomonidan egalik qilingan. Lekin sobiq sovet ittifoqining boşqa davlatlarida aksariyat mulklar xususiylaştirilgan. Ular buning uçun turli strategiyalarni qöllaşgan, ba’zi mamlakatlarda bu boşqalariga qaraganda muvaffaqiyatliroq bölgan.
Özbekiston şunday holatdaki, u xatarlar nimadan iborat ekanini yangidan öylaşiga hojat yöq, çunki Özbekiston tarixga nazarga solib bunday jarayonlarda qaysi işlar muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bölganini örganib çiqişi mumkin.
Bizning tadqiqotimizda taqdim qilingan tahlil şunga işora qiladiki, öxşaş tarixga ega mamlakatlardan olingan saboqlar inobatga olinişi kerak. Bu ötiş davridan ötib, özgarişlarni amalga oşirgan mamlakatlar va boşqa muayyan qiyinçiliklarga duç kelganlarning misollarini körib çiqişni anglatadi.
Tadqiqotimiz – tarixiy saboqlarga işora. Xususiylaştiriş jarayonlari muhim va xatarli ekanini inobatga olsak, saboqlardan dars oliş katta ahamiyatga ega.