26 avgust kuni Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Şukeyev öziga böysunuvçi Kentau hokimi öta yirik miqdorda pora olganlikda aybdor deb topilgani sababli iste’foga çiqqan edi. 31 avgust kuni Qosim-Jömart Töqayev Şukeyevning iste’fosini qabul qildi.
Darxon Sotiboldi 2019 yilning mart oyidan buyon Qozoğistonning Özbekistondagi elçisi lavozimida işlab kelayotgan edi.
U 1974 yil 26 martda tuğilgan, Seyfullin nomidagi Oqmöla qişloq xöjaligi institutini, şuningdek, Qozoğiston gumanitar yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodçi-menejyer, huquqşunos.
Ma’lumot uçun, Darxon Sotiboldi örniga Qozoğistonning Özbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari etib kim tayinlanişi hozirça noma’lum.

















