SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov vafot etdi
Sovet davlati so‘nggi rahbarining o‘limi haqida Rossiya ommaviy axborot vositalari Markaziy klinik kasalxonaga tayanib xabar bermoqda. Mixail Gorbachyov 91 yoshda edi.
SSSR sobiq prezidenti Mixail Sergeyevich Gorbachyov 92 yoshida Moskvada vafot etdi. Bu haqda 30 avgust, seshanba kuni Markaziy klinik shifoxona (MKSh) ma’lumotlariga tayanib, Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Siyosatchi Moskvadagi Novodevichya qabristonida rafiqasi yoniga dafn etiladi, deb yozadi TASS.
Mixail Gorbachyov 1931 yil 2 martda hozirgi Stavropol o‘lkasi hududida tug‘ilgan. Moskva davlat universitetining yuridik fakultetini qizil diplom bilan tamomlagan.
Gorbachyov sovet davlatining so‘nggi rahbari va KPSS markaziy qo‘mitasining so‘nggi bosh kotibi edi - u bu lavozimni 1985 yilda egallagan. Ko‘p o‘tmay, siyosatchining tashabbusi bilan davlat siyosiy va iqtisodiy tuzilishiga tegishli qayta qurish islohotlari boshlanishi e’lon qilindi.
Qayta qurish sovet jamiyatini sezilarli darajada demokratlashtirishni, shu jumladan saylov tizimini isloh qilishni talab etdi. 1989 yil bahorida SSSR xalq deputatlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi, bu aslida 1917 yilda bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelganidan keyin birinchi erkin saylovlarga aylandi.
Gorbachyov davrida Afg‘onistondagi o‘n yillik harbiy kampaniya yakunlandi, u yerdan sovet qo‘shinlari olib chiqildi. 1990 yilda Mixail Gorbachyov SSSRning birinchi prezidenti bo‘lib, bu lavozimni egallagan yagona siyosatchi sifatida tarixga kirdi. Xuddi shu yili u tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:39 / 21.11.2024
SSSR tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: qatl etilgan amakivachchalar
14:58 / 03.11.2024
G‘arb va SSSR o‘rtasidagi josuslik o‘yinlari: Britaniyaga qochgan sovet mayori
14:21 / 20.10.2024
AQShga qochgan diplomat: okean ortidan siyosiy boshpana so‘ragan sovet amaldori
16:15 / 17.10.2024