Davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1 martgacha baholanadi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maxsus bo‘linma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, o‘rta, yuqori o‘lchovlarda baholanadi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat tashkiloti umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va “E-anticor.uz” elektron platformasiga har yili 1 fevralga qadar kiritiladi.
Platformada joylashtirilgan davlat tashkilotlari korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari asosida avtomatik ravishda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri shakllantiriladi. Davlat tashkiloti rahbari har yili 1 martgacha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturini E-anticor.uz elektron platformasi orqali tasdiqlaydi.















