“Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Tarkibidagi ifloslantiruvçi moddalar yöl qöyiladigan darajadan ortiq bölgan oqova suvlarni oqova suv çiqarib yuboriş tarmoqlariga oqiziş borasida mas’uliyatni yanada oşiriş va bu borada jinoiy javobgarlikni joriy etiş taklif etilmoqda.

Jinoyat kodeksi 196-1-modda bilan töldiriladi. Unda oqova suv çiqarib yuboriş tarmoqlariga me’yoridan ortiq ifloslangan oqova suvlarni oqizganlik uçun jazo çoralari közda tutilgan.

Xususan, ança miqdor va undan köp kompensatsiya hisoblaşga sabab böluvçi tarkibidagi ifloslantiruvçi moddalar yöl qöyiladigan darajadan ortiq bölgan oqova suvlarni oqova suv çiqarib yuboriş tarmoqlariga oqiziş, şunday harakatlar uçun ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa bazaviy hisoblaş miqdori 10 baravaridan 200 baravarigaça miqdorda jarima yoki 5 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.