Alişer Qodirov rossiyalik deputat Konstantin Zatulin Özbekiston prezidentining şahidlar xotirasi maydonidagi ma’ruzasini rus OAVlaridagi asossiz talqiniga suyanib, xato xulosa berganini aytmoqda.
«Prezident Şavkat Mirziyoyevning kuni keça qilgan ma’ruzasi Rossiya Davlat dumasi deputati Konstantin Zatulinning asossiz talqiniga suyanib xato xulosalarga sabab bölibdi.
Davlat rahbari tarixiy faktlarga asoslanib, yaqin ötmişning qora kunlarini eslatib ötdi. Öşa qora kunlarda xalqimizning eng ilğor fikrlovçi qatlamlarining yakson qilinganini eslamaslik, kelajakda bu kabi xatolar takrorlanişiga olib kelişi mumkin», - deydi Alişer Qodirov.
Oliy Majlis deputatiga köra, Mirziyoyev nafaqat özbek, sovet davlatida yaşagan barça millatlarning ziyolilariga nisbatan qilingan qatağonlar haqida gapirgan.
«Prezident nafaqat özbek, balki öşa davrda sovet davlatida yaşagan barça millatlarning ziyolilariga nisbatan qilingan vahşiy nohaqliklar haqida gapirdi. Buni anglaş va töğri talqin qiliş uçun katta tarixçi böliş şart emas, menimça.
Hamkasblarimga şunday ham murakkab bölgan muhitni yana murakkablaştiradigan, mintaqadagi tinçlik va osoyiştalikka putur yetkazadigan talqinlardan tiyilişni tavsiya qilaman. Zero bundan heç kim yutmaydi!
Öynab gapirsak ham, öylab gapiradigan vaqtda işlayapmiz» – deydi Qodirov.
Eslatib ötamiz, 31 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev jamoatçilik faollari bilan Şahidlar xotirasi xiyoboniga taşrif buyurib, qatağon qurbonlarini yod etdi. Uşbu nutqdan söng ayrim rus naşrlari «Özbekiston prezidenti SSSRni özbek millatini yöq qilişda aybladi», mazmunidagi xabarlar çiqardi.
Notöğri talqin qilingan uşbu xabarlarga asoslanib, Rossiya davlat dumasi deputati Konstantin Zatulin ham munosabat bildirdi.

















