«Muvozanatli nutqqa – mutlaqo noadekvat munosabat» – Safoyev Mirziyoyev nutqiga «munosabat» bildirgan rus nashrlari haqida
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mustaqillik bayramidagi qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan muvozanatli va bosiq nutqiga Rossiya OAVlari mutlaqo noadekvat munosabat bildirmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev yozmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Prezident Sh.M.Mirziyoyevning qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqiga Rossiya OAVlarida berilgan «munosabatlar»ini o‘qib chiqdim...
Mustabid tuzum qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etgan O‘zbekiston Prezidentining muvozanatli, bosiq va o‘ta samimiy nutqiga mutlaqo noadekvat munosabat.
O‘zi munozara nima haqida? Mustabid tuzum shafqatsiz va berahm bo‘lganligimi?
Yoki halok bo‘lganlar haqiqatan ham g‘ayriinsoniy qatag‘on qurbonlari bo‘lganligimi? Aqli to‘g‘ri va xotirasi aniq bo‘lgan hech qaysi inson u yoki buni so‘roq qila olmaydi.
Tuzumga qarshi, Vatan ozodligi uchun o‘z ovozini baland ko‘tarishga jur’at etgan minglab va minglab yurtdoshlarimiz uchun poligon va qabriston bo‘lib qolgan joyda o‘tgan marosimda men ham qatnashdim. U chin qalbdan, yoriq va tantanali, qandaydir samimiy, insoniy tarzda o‘tdi.
Aynan shu joyda jallodlar tomonidan o‘z o‘limini jasorat bilan qabul qilganlar oldidagi qarzimizni insoniy ravishda qaytardik. Bu endi shov-shuvli siyosiylashtirish va populistik vahima uchun sababmi?» – deb yozgan Safoyev o‘zining Twitter'dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 31 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik faollari bilan Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etdi. Shuningdek, davlat rahbari «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyiga kirib, mustaqillik va bobolar haqida fikr bildirgan edi.
– Bu yerga har gal kelib, e’tibor berishimiz bejiz emas. Mustaqillikka erishish oson bo‘lmagan. Istiqlolimizga 31 yil bo‘lgani bilan bobolarimiz 100 yillar oldin bunga harakat qilgan. 100 ming vatandoshimiz qatag‘onga uchrab, 13 ming nafari shafqatsiz otib tashlangan. Nima uchun? Tahlil bo‘lgan. Ular eng katta qahramonlarimiz, millatning xazinasi bo‘lgan. 2-3 tadan til bilgan. Vatanimizni ozod qilib, taraqqiyotga olib chiqishini bilishgan. Bu yerda xuddi ularning ovozlari eshitilgandek bo‘ladi, – degan edi Shavkat Mirziyoyev.
Ushbu nutqdan so‘ng ayrim rus nashrlari “O‘zbekiston prezidenti SSSRni o‘zbek millatini yo‘q qilishda aybladi”, mazmunidagi xabarlar chiqardi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi
Jahon | 20:02
-
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot | 19:43
-
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda
Jahon | 19:41
-
Tailandda birinchi robot-politsiyachi taqdim etildi
Fan-texnika | 19:39
Mavzuga oid

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi

20:19 / 24.12.2024