Farğona viloyatining Quvasoy şahrida 60 yoşli fuqaro IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekşiriş uçun tibbiyot birlaşmasiga olib ketilayotganda soğligi yomonlaşib, vafot etdi.

Marhumning yaqinlari erkak uçastka nozirlari tomonidan kaltaklanişi oqibatida vafot etganini aytmoqda. Kun.uz muxbiri holat yuzasidan suriştiruv olib bordi.

Marhum Haydarali Toşpölatov onasi bilan

Sudga oid tibbiy ekspertiza dastlabki ma’lumotiga köra, marhum Haydarali Toşpölatovga “Yurak işemik kasalligi, yurak toj qon tomirlari ötkir yetişmovçiligi, öng tomonlama pnevmoniya, surunkali plevrit, oşqozon osti beziga qon quyilişi, alkogoldan zaharlaniş” taşxisi qöyilgan.

Marhumning “uçastkavoy”lar bilan tortişib qolişiga nima sabab bölgan?

Ma’lum bölişiça, Quvasoy şahri Yuqori Möyan mahallasining Soyböyi köçasi 74-uyda yaşovçi Haydarali Toşpölatov “Quvasoysement” AJda ma’lum muddat işlab, pensiyaga çiqqan.

Farğona şahridagi quriliş taşkilotlaridan biriga qorovullik qilayotgan marhum 2 kun işlab, 2 kun dam olgan. U iş paytidaligida ikki nevarasi qöşni xonadonga kirib, televizor ehtiyot qismlarini buzib qöyişgan. Hammasi şundan boşlangan.

Marhumning kelini Gulmira Toşpölatovaga köra, qaynotasi ehtiyot qism sababli kelib çiqqan mojaro ortidan noma’lum sabablarga köra vafot etgan:

Gulmira Toşpölatova, marhumning kelini

“Işdan kelsam, farzandlarim uyda yöq ekan. Har doimgidek köçada öynayotgan bölişsa kerak, deb öyladim. Birozdan keyin qönğiroq qilişib, öğillarimni uçastkavoylar maşinaga solib olib ketayotgani haqida aytişdi. Xöjayinimga qönğiroq qilib, bölgan voqeani aytdim.