O‘zbekiston TIV Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yonidagi portlashni qoraladi
5 sentabr kuni tongda Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash xudkush tomonidan amalga oshirilgan. Diplomatik missiya ikki xodimi va to‘rt nafar mahalliy aholi halok bo‘ldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hujumni qoraladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 5 sentabr kuni tongda Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi konsullik bo‘limi yaqinida ro‘y bergan hamda diplomatik missiya xodimlari va Afg‘oniston fuqarolari halok bo‘lgan portlash yuzasidan bayonot berdi.
«Biz terrorchilik harakatini keskin qoralaymiz, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. - Biz ushbu g‘ayriinsoniy harakat tashkilotchilari va aybdorlarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz».
Vazirlik, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida Rossiya elchixonasining ikkinchi kotibi va qo‘riqchisi halok bo‘lgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin jinoiy ish ochish vazifasini topshirdi, deb xabar beradi RIA «Novosti».
Kobul xavfsizlik departamenti matbuot kotibi Xolid Zadranning aytishicha, xudkush-terrorchi Rossiya elchixonasi oldida to‘plangan odamlar orasida o‘zini portlatib yubormoqchi bo‘lgan, biroq qo‘riqchilar uning shaxsini aniqlab, ushlab olishga harakat qilgan, shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan, deb yozadi TOLOnews.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

22:12 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

20:57 / 31.03.2025
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi

18:12 / 31.03.2025